Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INNOVATSION YARMARKA: YAKUN VA ISTIQBOL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INNOVATSION YARMARKA: YAKUN VA ISTIQBOL

Poytaxtimizda shu yilning 11-may kuni IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi ish boshlaydi.

Innovatsiyalar davlatning muhim strategik resurslaridan biridir. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etish, yangi sanoat texnologiyalarini joriy qilish, innovatsiya-investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish, intellektual salohiyatni yanada yuksaltirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish innovatsion faoliyat bilan bevosita bog‘liq.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi «Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishi innovatsion iqtisodiyotga qaratilgan.

Mazkur hujjatlarga muvofiq, mamlakatimizda 9-yildan buyon an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi innovatsion taraqqiyotni jadallashtirishdek muhim vazifani hal etish yo‘lida sanoatchilar, olim va tadbirkorlar sa’y-harakatlarini integratsiyalashtirishga xizmat qilmoqda. Buning samarasida o‘tgan I-VIII yarmarkalar doirasida mamlakatimizda yaratilgan 3,9 mingdan ziyod ishlanma taqdim etilib, umumiy qiymati 112,6 milliard so‘mlik 3,1 mingdan ortiq shartnoma imzolandi.

Shunisi diqqatga sazovorki, ushbu shartnomalarning 47 foizi qishloq xo‘jaligi, 38 foizi turli sanoat tarmoqlari, 6 foizi sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, 3 foizi axborot texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi 8-yilda «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, «O‘zkimyosanoat» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatlari, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi kabi yirik korxona va kompaniyalar mazkur shartnomalarni amalga oshirib kelmoqda. Natijada qariyb 60 nomdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 55 ga yaqin turdagi tajriba namunalari tayyorlanib, 100 dan ortiq tashkilot, korxona va fermer xo‘jaliklariga ilmiy-texnik xizmat ko‘rsatildi. Umumiy qiymati 1,8 trillion so‘mdan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Bu shundan dalolat beradiki, o‘tkazilgan yarmarkalar yurtimiz olimlari va ishlab chiqaruvchilari o‘zaro hamkorligining o‘ziga xos samarali mexanizmi bo‘lib, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayonini faollashtirish, yirik korxonalarda olimlarimiz tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni joriy etish imkonini bermoqda.

Masalan, Umumiy va noorganik kimyo instituti 2007-2012-yillarda mahalliy texnologiyalar asosida ishlab chiqqan import o‘rnini bosadigan yangi o‘g‘it va defoliantlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda va xorijga eksport qilinayotir. Jumladan, “Samarqandkimyo” aksiyadorlik jamiyatida nitrokalsiyfosfat o‘g‘iti, «Navoiyazot» va «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyatlarida azotfosfor o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimizning yirik kon-metallurgiya kombinatlarida Umumiy va noorganik kimyo institutining ko‘plab innovatsion ishlanmalari, xususan, suyuq sulfat kislota chiqindisi va suvni tozalaydigan filtratsiya tizimi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining yangi turdagi chang tozalash asboblari, Mikrobiologiya institutining misni bakterial ajratib olish texnologiyasi va boshqa ishlanmalar ishlab chiqarishga joriy etildi.

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining ilmiy ishlanmalari ham keng qo‘llanilmoqda. Tola sifati yuqori bo‘lgan, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamli 15 dan ortiq yangi g‘o‘za navlari mamlakatimizning turli hududlarida yetishtirilmoqda. O‘simlik moddalari kimyosi, Bioorganik kimyo, Polimerlar kimyosi va fizikasi institutlari tomonidan o‘tgan yillarda ragosin, gozalidon, ekdisten, ayustan, rutan, gossitan, getasan, punitan kabi yangi dori preparatlarini sanoat asosida ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori samarali texnologiyalar yaratildi. Mamlakatimiz farmatsevtika korxonalari ushbu preparatlar asosida yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda, 30 dan ortiq turdagi yangi dori-darmonlar ishlab chiqarmoqda.

Iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonda energetika sohasi, jumladan, muqobil energetikani rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilayotir. “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti mutaxassislari bu borada ko‘plab texnologiyalar yaratdi. Institut qoshida tashkil etilgan korxonada quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan turli fotoelektr tizimlar, jumladan, elektr va issiqlik energiyasi olish uchun kombinatsiyalangan hamda suv isitish uchun past potensialli tizimlar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu tizimlardan asosan fermerlar, chorvachilik va asalarichilik xo‘jaliklarida foydalanilmoqda.

IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida 600 innovatsion g‘oya hamda ishlanmalar taqdim etiladi.

Joriy yilda an’anaviy yo‘nalishlardan tashqari, mamlakatimiz ilmiy tashkilotlari va universitetlar tomonidan ishlab chiqilgan, atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklashni ta’minlaydigan 50 dan ortiq innovatsion texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish uslublarini o‘z ichiga olgan yangi “Ekotexnologiya” yo‘nalishi namoyish etiladi. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari uchun tashkil etiladigan “Yuqori texnologiyalar” yo‘nalishida qariyb 30 ilg‘or innovatsion ishlanma taqdim etiladi. Energiya va resurs tejaydigan 50 ishlanma namoyish qilinadigan “Energiya va resurs tejaydigan texnologiyalar” yo‘nalishi ham sanoat korxonalari, tadbirkorlar va kichik biznes vakillarida katta qiziqish uyg‘otadi. Bundan tashqari, navbatdagi yarmarkada yosh olimlar va talabalarning 70 ishlanmasi ishtirokchilar e’tiboriga havola etiladi.

Muxtasar aytganda, IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi fundamental va amaliy ilm-fanning yanada integratsiyalashuvi, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarishni rivojlantirish imkonini beradi.

WWW.UZA.UZ