INSON HUQUQ VA MANFAATLARINI TA’MINLASH — ASOSIY MEZON
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Amerikaning “Human Rights Watch” nodavlat tashkiloti vakillarining rasmiy tashrifi doirasida “Nodavlat tashkilotlar va taraqqiyot strategiyasi” mavzuida forum bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ushbu sohadagi faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Qayd etilganidek, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynamoqda. Jamoat tashkilotlari joylardagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni samarali va manzilli hal qilishga ko‘maklashayapti. Shu bilan birga, ular muhim normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlarini ishlab chiqishda faol qatnashayotir, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib bormoqda.
— O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega, — deydi “Human Rights Watch” tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi direktori
S. Sverdlov. — O‘zbekiston inson huquqlari sohasida izchil qadamlar tashlamoqda. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida so‘z erkinligini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratilayapti, sud-huquq tizimi isloh qilinib, fuqarolar hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasida muloqot o‘rnatilayotir. Biz bu islohotlarga ko‘maklashishga tayyormiz.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A. Burhonov Harakatlar strategiyasi zamirida qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadi mujassamligini qayd etdi. Sud-huquq, davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori G. Bobojonova ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati faoliyati, aholining inson huquqlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishda faol qatnashayotganini qayd etdi.
Forumda fuqarolik jamiyati institutlarining odam savdosiga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, atrof-muhit muhofazasi, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashdagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.