Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishtirokchilariga

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishtirokchilariga

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Xonimlar va janoblar!

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini qadimiy Samarqand shahrida qutlash hamda Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrishga bizning mintaqamizda birinchi marta bo‘lib o‘tayotgan ushbu forumni o‘tkazish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy tashakkur bildiraman.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, boshqa hamkor tashkilotlar, Osiyo mamlakatlarining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarining yuqori martabali vakillari, shuningdek, ko‘zga ko‘ringan xorijiy davlat va jamoat arboblari, inson huquqlari sohasidagi yetakchi ekspertlar,

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiya rahbarlari ushbu forumda ishtirok etayotganidan minnatdorman.

“Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik” mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanning dolzarbligi ana shu asosiy hujjatning o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati bilan belgilanadi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet xonim ta’kidlaganidek, “biz yuksak adolat va tenglik sari harakat qilgan taqdirdagina yanada barqaror tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotga erishmog‘imiz mumkin”. Men bu muhim prinsipni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Tarix shundan dalolat beradiki, dunyodagi barcha sivilizatsiyalar, madaniyat va dinlar inson huquqlari to‘g‘risidagi tayanch tushunchalarning shakllanishiga asos bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalari ta’sirida vujudga kelgan.

Masalan, bundan 2700 yil muqaddam Osiyo hududida yaratilgan eng ko‘hna yozma yodgorlik - “Avesto” kitobida inson huquq va erkinliklari, millatlararo munosabatlarni o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari negizida barpo etish g‘oyalari muhim o‘rin tutadi, zo‘ravonlik va adolatsizlik rad etiladi.

Shuningdek, Sharqning buyuk huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq o‘zining “Hidoya” asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida muhim g‘oyani ilgari surgan edi.

Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va mazkur forum kun tartibiga hamohangdir.

Ta’kidlash joizki, 70 yil avval qabul qilingan Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi butun dunyoda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish borasida yangi imkoniyatlar ochdi.

Afsuski, bugungi kunda biz barchamiz ana shu ijobiy jarayonga to‘sqinlik qilayotgan murakkab va ziddiyatli tendensiyalar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

Bu o‘rinda jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro ishonchsizlik va nizolar, millatlar va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, barqaror taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar haqida so‘z bormoqda.

Ilojsiz holda o‘z yurtini tashlab ketayotgan kishilar va qochqinlar soni tobora ortib borayotgani, ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka barham berish zarurati bilan bog‘liq muammolar murakkablashib borayotganiga biz chetdan tomoshabin bo‘lib qarab turolmaymiz.

Shu ma’noda, bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jami 4,5 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Osiyo mintaqasining kelajagi ko‘p jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishga, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mintaqaviy mexanizmni shakllantirishga bog‘liq.

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Bugun biz O‘zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan bir davrda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan bosh tamoyilga amal qilmoqdamiz. Aynan ana shu tamoyil 2021 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Biz parlament vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirdik, jamoatchilik nazorati institutlarini mustahkamladik, fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirmoqdamiz. Sud tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari tubdan isloh qilinmoqda. Oila instituti va jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizini mustahkamlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda, barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro tuzilmalar bilan yaqin sheriklik kengaymoqda, huquqni himoya qilish borasida hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan amaliy muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Biz ana shu muhim ishlarni qat’iy davom ettiramiz. Bizning ustuvor vazifamiz inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan iborat.

Bu jamiyatda tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni ta’minlashning asosiy shartidir.

Ishonchim komil, forum yakunida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, bu ezgu ishni yangi, yanada yuksak pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Anjuman dorasida ishtirokchilar tomonidan ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar hamda ularning xulosalari inson huquqlari sohasida milliy dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi.

Forumning barcha ishtirokchilari va mehmonlariga samarali faoliyat olib borishni, ularning mamlakatimizga tashrifi mazmunli o‘tishini tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

www.president.uz