Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INSON HUQUQLARI – ENG OLIY QADRIYAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INSON HUQUQLARI – ENG OLIY QADRIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Toshkent shahar markazida “Mustaqillik yillarida inson huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Adliya vazirligi mutaxassislari, markaz xodimlari va tinglovchilari ishtirok etdi.

Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jo‘raboyev, Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Toshkent shahar markazi boshlig‘i N.Hazratov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barpo etilgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida inson huquqlari yuksak darajada qadr topayotganini alohida ta’kidladi.

Inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha milliy institutlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, sohada uzluksiz ta’lim va ma’rifiy ishlar olib borilayotgani, huquqiy mavzuda yigirmadan ziyod ixtisoslashgan jurnal va gazetalar chop etilayotgani bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirmoqda. Ushbu yo‘nalishda zamonaviy axborot-resurs markazlari ham faoliyat yuritmoqda.

Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha resurs markazi shulardan biridir. Zamonaviy axborot-texnologiyalari bilan ta’minlangan ushbu markazning komputerlar bazasida milliy qonunchilik asoslari, inson huquqlari himoyasi yo‘lida qabul qilingan xalqaro ahamiyatga molik hujjatlar jamlangan. Soha xodimlari ulardan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Ichki ishlar xodimlarining bu boradagi malakasini oshirish, ushbu mavzuda seminar-treninglar o‘tkazish, hujjatlar va adabiyotlar chop etish hamda davlat idoralari, sudlar va inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar bilan hamkorlik mexanizmining samaradorligini kuchaytirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Toshkent shahar markazida tinglovchi-kursantlarga tasdiqlangan dastur asosida “Inson huquqlari” fani o‘qitilmoqda. O‘quv jarayoni nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlangan holda amalga oshirilayotir.

Davra suhbatida mustaqillik yillarida inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar, erishilgan yutuqlar, istiqbolda amalga oshirilishi belgilangan keng qamrovli ishlar haqida fikr-mulohaza almashildi.

O’zA