Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI QADRIYATLARGA SODIQLIKNING YORQIN NAMUNASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI QADRIYATLARGA SODIQLIKNING YORQIN NAMUNASI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi “XMTning “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi.

Mazkur Konvensiya 1948-yilda XMT Bosh konferensiyasining 31-sessiyasida qabul qilingan va 1950-yilda kuchga kirgan. Konvensiya preambula, 4 bo‘lim va 21 moddadan iborat bo‘lib, XMTning 8 ta asos soluvchi Konvensiyalaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu Konvensiya XMTga a’zo bo‘lgan 153 mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konvensiya quyidagilarni ko‘zda tutadi:

— xodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, ushbu tashkilotlarga kirish huquqi;

— xodimlar va ish beruvchilar tashkilotlarining o‘z Ustavlari va ma’muriy reglamentlarini ishlab chiqish, o‘z faoliyatini tashkil etish, harakatlar dasturini tasdiqlash va amalga oshirish huquqi;

— davlat organlarining birlashish huquqini cheklovchi yoki uni qonuniy amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi aralashuvidan erkinlik;

— xodimlar va ish beruvchilar tashkilotlarini tarqatib yuborishni yoki ma’muriy tartibda ular faoliyatini to‘xtatib qo‘yishni taqiqlash;

— xodimlar va ish beruvchilarga birlashish huquqini erkin amalga oshirishni kafolatlovchi choralar qabul qilish.

XMT Ustaviga muvofiq Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari XMTga mazkur Konvensiyaga oid o‘z majburiyatlarini bajarish uchun amalga oshirgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadilar.

Birinchi va keyingi ma’ruzalar ushbu Konvensiya tegishli ishtirokchi davlat uchun kuchga kirganidan so‘ng kamida uch yilda bir marta, shuningdek, XMT tomonidan talab etilgan hollarda taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi birlashish erkinligi tamoyillarini to‘liq aks ettiradi, qonunchilik amaliyoti XMTning “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasiga to‘la mos keladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan birlashish erkinligi kafolatlarini mustahkamlovchi xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan va amalda qo‘llanilmoqda. Xususan, fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari o‘rnatilgan (Konstitutsiyaning 34- va 59-moddalari), mazkur kafolatlar, shuningdek, 20 dan ortiq hujjatda, shu jumladan, “Kasaba uyushmalari, ular huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda va Mehnat kodeksida ham mustahkamlab qo‘yilgan.

Qonunchilik kasaba uyushmalariga birlashish, jamoa muzokaralarini olib borishni Konvensiyaning 9-moddasida belgilanganidek, Qurolli Kuchlar, ichki ishlar organlari, MXX, ichki qo‘shinlar va boshqa harbiy tuzilmalarni istisno qilgan holda, davlat sektorida taqiqlamaydi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda xodimlar manfaatlarini 14 tarmoq, 14 hududiy, 37 mingga yaqin boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini birlashtirgan va o‘z saflarida 6 milliondan ortiq a’zoga ega bo‘lgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ifodalaydi. 2015-yil oktabr oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (XKUK)ning assotsiatsiyalashgan a’zosi bo‘ldi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va XKUK o‘rtasida hamjihatlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan va amalda tatbiq etilmoqda.

Ish beruvchilar manfaatlarini 14 hududiy vakillikni o‘z ichiga olgan va ish beruvchilar, shu jumladan, kichik biznes manfaatlarini himoya qiluvchi va ilgari suruvchi hamkor hisoblangan Savdo-sanoat palatasi ifodalaydi. 2014-yildan boshlab Savdo-sanoat palatasi Xalqaro ish beruvchilar tashkilotining teng huquqli a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “XMTning “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi davlatning xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi inson huquqlari sohasidagi qadriyatlarga sodiqligining yaqqol namunasidir.

Mazkur Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro va regional tashkilotlarga yanada integratsiyalashuvi hamda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari himoyasini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlashni yanada takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
matbuot xizmati

O‘zA