INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING ISHONCHLI KAFOLATI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan
har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib
chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.
Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun
barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-moddasidan.
Bosh Qomusimizda muhrlangan aybsizlik prezumpsiyasi inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro huquq normalariga to‘liq muvofiq keladi. Bu tamoyil Konstitutsiya asosida qabul qilingan ko‘plab qonunlarda yanada kengroq o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida “Xabeas korpus” instituti – inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilishning ishonchli kafolati” mavzuida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi vazifasini bajaruvchi O.Hayitov va boshqalar mamlakatimiz Konstitutsiyasida inson huquqlariga oid mustahkamlab qo‘yilgan normalarning hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgani fuqarolarning erkin va farovon hayot kechirishiga zamin yaratayotganini ta’kidladi. Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining prokuratura organlaridan sudlar vakolatiga o‘tkazilgani buning amaliy tasdig‘idir.
Bularning barchasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilgan izchil islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilayotganining amaliy natijasidir.
Mamlakatimiz sud tizimida keyingi yillarda zamonaviy demokratik talablar asosida amaliy chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarildi. Jumladan, jinoyat ishi yuritishda sud nazoratini mustahkamlash, himoya va ayblov tortishuvini ta’minlash tizimi va mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida “Xabeas korpus” instituti qo‘llanilishi kengaytirildi. Jinoyat-protsessual qonunchilikdan sudning jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosalarini e’lon qilish vakolatlari soqit qilindi. Sudgacha ish yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi. Shaxsni lavozimidan chetlashtirish kabi protsessual majburlov chorasini qo‘llash vakolati sudlarga berildi.
2014-yil 5-sentabrdan jinoyat-protsessual qonunchilikka uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasining kiritilishi “Xabeas korpus” instituti normalarini yanada kengaytirdi. Bu jinoyat sodir etgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga qulay sharoit yaratishda muhim o‘rin tutadi.
Oliy sud plenumining “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amaliyotga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2008-yildan 2016-yilning birinchi yarmigacha sudlar tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi 710 iltimosnoma rad etilgan. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha sudlarga kelib tushayotgan iltimosnomalar soni yil sayin kamayib bormoqda. Bu esa sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin natijasidir.
Oliy sud sudyalari, Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlari ishtirok etgan tadbirda mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
O‘zA