INSON HUQUQLARINI HIMOYALASHNING SAMARALI TIZIMI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.G‘oziyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Bu jarayonda inson huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‘lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat asoslari yanada mustahkamlandi. Zamonaviy demokratik talablarga javob bera oladigan sud tizimi shakllandi. Bu xalqimiz manfaatlariga xizmat qilib, hayot darajasi va sifati ortishiga, mamlakatimizning xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalishiga zamin yaratdi.
Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilayotgani ishlarni ko‘rib chiqish tezligi va sifati ortishiga olib kelmoqda. Bu kabi chora-tadbirlar fuqarolarning sudlarga ishonchi ortishiga xizmat qilayotir.
Yig‘ilishda sudya va sud xodimlarining mas’uliyatli faoliyati davlatimiz tomonidan doimo yuksak qadrlanayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining 2016-yil 1-iyuldagi farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil” esdalik nishoni bilan soha xodimlaridan yuzga yaqini taqdirlandi. Tadbirda ushbu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
O’zA