INSON MANFAATLARI USTUVOR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Aholi turmush farovonligini yuksaltirish, jamiyatda inson manfaati ustuvorligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanib, hayotimiz har tomonlama to’kis bo’lib borayapti. Ayniqsa, savdo shoxobchalari sifatli mollarga to’ldirilib, xizmatlar ko’lami kengayayotgani e’tiborga loyiq. Bu, o’z navbatida, raqobat muhitini shakllantirish barobarida, mahsulot xarid qilish yoki xizmat ko’rsatishda mas’uliyatli bo’lishni talab etayapti.
Kecha poytaxtimizda O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun 15-mart — Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan anjumanda ana shular haqida so’z yuritildi.
Ta’kidlandiki, bugungi kunda federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida iste’molchilarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida aniq chora-tadbirlar ko’rilayotir. Xususan, federatsiyaga 7501 ariza hamda shikoyat kelib tushgan bo’lsa, shundan 92,4 foizi ijobiy hal qilinib, qariyb 3 milliard so’mlik zarar iste’molchilar foydasiga undirib berilgani buning tasdig’idir.
Murojaatlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ularning aksariyati kommunal, savdo, transport, aloqa va boshqa sohalarga to’g’ri kelayapti.
Buni hisobga olgan holda, federatsiya tegishli vazirlik hamda idoralar, nazorat qiluvchi organlar, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, birgalikda targ’ibоt-tashviqot ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu, tabiiyki, o’z samarasini berayotir. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda qisqa raqamli “Ishonch telefoni” — “1091” ishga tushirilgani tufayli iste’molchilar murojaatlarini qabul qilish yanada takomillashdi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda federatsiya Malayziya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Vyetnam singari davlatlar mutaxassislari bilan tajriba almashib, aloqalarni kengaytirayotgani ham tezkor va sifatli xizmat ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Ma’lumot sifatida aytib o’tish joiz, 2002-yilda tashkil etilgan federatsiya -tizimida hozirgi kunda 14 ta hududiy birlashma, 193 ta tuman (shahar) jamiyati hamda 5515 ta tayanch guruhi mavjud bo’lib, ularga 426 ming nafar iste’molchi a’zo. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida sohadagi munosabatlar tartibga solingan.