Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH YO’LIDAGI YANA BIR MUHIM QADAM

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INSON MANFAATLARINI TA'MINLASH YO'LIDAGI YANA BIR MUHIM QADAM

“Davlat — bosh islohotchi”. Bu — taraqqiyotning dunyoga mashhur “o’zbek modeli” muhim tamoyillaridan biri. Mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish yo’lida olib borilayotgan izchil islohotlar samaradorligi ana shu omil bilan chambarchas bog’liq.

Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror ham bu boradagi yana bir amaliy qadam bo’ldi. Ayni paytda ushbu hujjat asosida joriy etiladigan yangiliklar yurtdoshlarimizga alohida mamnuniyat bag’ishlamoqda.

Behbud JUMAYEV, mehnat faxriysi (Buxoro shahri):

— Biz, keksa avlod vakillari, odatda, aholining nisbatan kamxarj qatlami -sanalamiz. Pensiya asosiy qismining plastik kartochkalarga o’tkazilishi esa, ochig’i, bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Bu holdan, ayniqsa, yakka-yolg’iz yashovchi va tabarruk yoshli nuroniylar aziyat chekishayotgandi. Chunki to’lov terminali bilan barcha savdo shoxobchasi ta’minlangan, deya olmaymiz. Qolaversa, dehqon bozorlariga tushgan kishi ko’p hollarda meva-cheva, sabzavot mahsulotlarini naqd pulga xarid qilishga majbur. Mahallalardagi uchrashuvlarda ana shu noqulaylik haqida gapirishganiga ko’pchiligimiz shohidmiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgani ham fikrimiz tasdig’idir.

Binobarin, endilikda pensiyalarning hyech qanday cheklovsiz, naqd pulda berilishi mamlakatimizda aholi, ayniqsa, keksa avlod vakillariga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlikning yana bir ifodasi bo’ldi. Bundan biz, keksalar behad mamnunmiz. Davlatimizning bu insonparvar siyosati nuroniylarning yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdek olijanob ishdagi mas’uliyatini yanada oshiradi.

Abdug’ani TO’RABOYEV, Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanidagi “Piskom” qishloq vrachlik punkti mudiri:

— Biz yashab turgan Piskom qishlog’i tuman markazi — o’azalkent shahridan qariyb 100 km. uzoqlikda, tog’li hududda joylashgan. Qorli-qirovli kunlarda bu masofa mashinada kamida 3 soatda bosib o’tiladi.

Shu ma’noda, davlatimiz rahbarining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori hamqishloqlarimizni ruhlantirib yubordi. To’g’risi, olis hudud bo’lgani uchun bizda plastik kartochkalardan foydalanishda ancha murakkabliklar bor edi. Qarorda belgilab qo’yilgan tog’li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash, shuningdek, ushbu hududlar aholisiga ijtimoiy to’lovlar ham hyech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda berilishi bizni o’ylantirib turgan muammo yechimi bo’ldi.

Sarvinoz XOLMO’MINOVA, Guliston davlat universiteti talabasi:

— Prezidentimiz qarorida biz, talabalar manfaatiga ham alohida e’tibor -qaratilganidan juda quvondik. Aytish joizki, stipendiyamizning yuz foiz plastik kartochkaga o’tkazilishi tufayli transport va boshqa to’lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandik. Endi esa pulimizning ellik foizini naqd shaklida olish imkoniyatiga ega bo’ldik. Bu esa mablag’imizdan ortiqcha xarajatlarsiz foydalanishimizni ta’minlaydi.

Shu o’rinda yurtimizda yosh avlod kamoloti uchun barcha imkoniyat va shart-sharoit -yaratilgani haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Masalan, o’zim joriy yilda o’qishni bitiraman. Hozir mutaxassisligim bo’yicha ham nazariy, ham amaliy bilim va ko’nikmalarimni oshirishga astoydil harakat qilayapman. O’zbekiston Milliy universiteti professor-o’qituvchilari haftada bir marta muassasamizga kelib, mashg’ulotlar o’tkazayotgani esa yetuk kadr bo’lib yetishishimizga mustahkam zamin hozirlayapti. Albatta, bu g’amxo’rliklar bizni shu jonajon Vatanimizga munosib farzand bo’lishga, yurt ravnaqiga hissa qo’shishga undaydi.

www.xs.uz