Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INSON UMRIDA HECH BO’LMASA BIR BOR KO’RISHI LOZIM BO’LGAN SHAHAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INSON UMRIDA HECH BO'LMASA BIR BOR KO'RISHI LOZIM BO'LGAN SHAHAR

Xabar qilinganidek, shu yilning 11-12-mart kunlari O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida bo’ldi. Safar doirasida davlat rahbari mamlakatimizning mazkur voha turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimotida ishtirok etdi.

Ushbu hujjat dunyoning ko’plab, xususan, malayziyalik soha vakillarida ham katta qiziqish uyg’otmoqda. Dastur bilan tanishar ekan, Malayziyaning Terengganu shtati turizm masalalari departamenti vakolatli xodimi Muhammad Raja Abdulatif bu haqdagi o’z mulohazalarini “News of Asia” internet nashrida “Buxoroda turizmni rivojlanishga uchun keng qamrovli dasturilamal” sarlavhali maqolasida bayon etdi.

Unda dastur doirasida turizmning turli yo’nalishlari bo’yicha ko’plab loyihalar amalga oshirilishi ta’kidlanadi. Muallifning fikriga ko’ra, Buxoro viloyatida sayyohlikning diniy-madaniy, tibbiyot, ekologik, qishloq xo’jaligi, sanoat va ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini rivojlantirish mumkin bo’ladi. Shuningdek, malayziyalik mutaxassis o’zining boy pazandachilik an’analariga ega bo’lgan Buxoro viloyatida gastronomik turizm ham muhim o’rin tutadi, deb hisoblaydi.

“Dasturning tarkibiy qismi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti va sohaga ixtisoslashgan boshqa institutlar bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat, - deb yozadi M.R.Abdulatif. - Puxta o’ylangan rejalarni amalga oshirish Buxoro nomli turizm yo’nalishining tez sur’atlarda ommalashuviga, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining takomillashishiga xizmat qiladi”.

Shuningdek, muallif O’zbekiston rahbarining shahardagi muqaddas qadamjolar atrofidan o’tadigan kichik halqa yo’li bunyod etish va 1,2 gektar maydonni o’z ichiga oladigan Buxoro tarixi davlat muzeyini qurish haqidagi tashabbuslariga yuqori baho beradi. “Muzey ishga tushirilganidan so’ng shaharning boshqa maskanlarida saqlanayotgan noyob eksponatlar u yerga ko’chiriladi, - deyiladi maqolada. - Qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida viloyatga kelishni istovchi sayyohlar soni yanada ortadi”.

Malayziyalik ekspert Buxoroning tarixi va zamonaviy hayoti haqida ham hikoya qiladi. Jumladan, shaharga “qadimiy va ayni paytda hamisha navqiron” deya ta’rif berar ekan, muallif bu yerda 660 ta bebaho qadimiy ziyoratgohlar va madaniy meros ob’yektlari joylashganini aytadi.

“Buxoroda o’zbek xalqining ko’p asrlik an’analari va qadriyatlari o’z aksini topgan, - deb yozadi maqola xulosasida M.R.Abdulatif. - U hamisha ohanrabo kabi butun dunyodan mehmonlarni o’ziga jalb etib turadi. Viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi sayyohlar oqimini bir necha barobar oshishiga ko’maklashadi. Zotan, Buxoro - har qanday inson umrida hech bo’lmasa bir bor ko’rishi lozim bo’lgan shahardir”.

“Jahon” AA, Kuala-Lumpur