Intellektual mulk va genetik resurslar, an’anaviy bilimlar hamda madaniyatning an’anaviy ko’rinishlari bo’yicha seminar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Jenevadagi (Shveysariya) shtab-kvartirasida BIMT va Avstraliya huqumati birgalikda tashkil etgan "Intellektual mulk va genetik resurslar, an’anaviy bilimlar hamda madaniyatning an’anaviy ko’rinishlari bo’yicha: hududiy, milliy va mahalliy tajriba" mavzuidagi seminar 2015-yil 30-martdan 1-aprelgacha davom etdi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining vakili ishtirok etdi, deya xabar beradi agentlik matbuot xizmati.
Seminarda Yevropa komissiyasining 40 dan ortiq a’zo-davlatlar vakillari, 10 ta hukumatlararo tashkilot va kotibiyatlar ishtirok etdilar, ulardan YuNESKO, Butunjahon savdo tashkiloti (BST), BMT ning savdo va rivojlanish bo’yicha konferensiyasi (YuNKTAD), Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO), Afrika regional intellektual mulk tashkiloti (ARIPO), shuningdek 20 dan ortiq mahalliy va tubjoy jamoalari nodavlat tashkilotlar vakillari.
Seminar ishi intellektual mulk, genetik resurslar, an’anaviy bilimlar va madaniyatning an’anaviy ko’rinishlariga, hamda ularni hududiy, milliy va mahalliy darajada qo’llash tajribasiga bag’ishlandi.
Seminarda ko’rib chiqilgan intellektual mulk, genetik resurslar, an’anaviy bilimlar va madaniyatning an’anaviy ko’rinishlariga tegishli bo’lgan hujjatlar matni bilan BIMTning saytida tanishish mumkin: www.wipo.int.
“Jahon” AA