Internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali savdoda yengillik yaratildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi.
Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lumot berildi.
Farmonga muvofiq endilikda:
elektron tijorat orqali sotilgan qiymati uch ming AQSH dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) eksporti Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida monitoringdan o‘tkazilmaydi;
tijorat banklariga qo‘yilgan to‘lovlarning uchinchi shaxslar hisobidan undirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talab, tovarlarni (xizmatlarni) elektron tijorat orqali realizatsiya qilish holatlariga tatbiq etilmaydi;
tovar va xizmatlarni internet-do‘kon va elektron savdo maydonchalari orqali sotuvchi shaxslar o‘z faoliyatlarini elektron chek yoki haq olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat yuborishni ta’minlaydigan virtual terminallarni (E-POS) qo‘llagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
O‘zA