Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INTERNET VA YOSHLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INTERNET VA YOSHLAR

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan mamlakatimizda yoshlarning internetdan foydalanishiga doir sotsiologik tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intelektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samaralarini berayotir. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Partiyaning «Yoshlar qanoti» tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Xavfsiz internet» loyihasi doirasida mamlakatimizning barcha hududida milliy axborot resurslari sifati, yoshlarning qiziqish va ishtiyoqini oshirish, internetdan to‘g‘ri foydalanish kabi mavzularda davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu loyiha yuzasidan tashkil etilgan mazkur tadbirda yoshlarni yot g‘oya va illatlardan asrash, ularni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash, ogohlik va hushyorlikka chaqirish, internet madaniyatini shakllantirish muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni kundan-kun ortib bormoqda. 2007-yilda bir million kishi internetdan foydalangan bo‘lsa, joriy yilga kelib bu ko‘rsatkich o‘n milliondan oshdi. Internetdan foydalanuvchilarining asosiy qismini yoshlar tashkil etayotgani yanada ogoh bo‘lish lozimligini anglatmoqda.

– Bugun dunyo yagona axborot makoniga aylangan, – deydi sotsiolog Sobir Xo‘jayev. – Internet orqali kirib kelayotgan axborotlar, ayniqsa, yoshlar ongini qamrab olayotir. Yoshlarni xavfli ta’sirlardan himoyalashga barchamiz mas’ulmiz. O‘zLiDeP va universitetimiz sotsiologlari yoshlar orasida sotsiologik so‘rov o‘tkazdi. Ikki mingdan ziyod yigit-qizlar ishtirok etgan so‘rov natijalari yurtimizning chekka hududlarida ham axborot-kommunikatsiya yutuqlari ommalashib, yoshlar internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalanayotganini ko‘rsatdi. So‘rovda qatnashganlarning 91,7 foizi internetdan foydalanishini ta’kidlagan. Ularning yarmi mobil telefon, uchdan bir qismi shaxsiy komputer orqali hamda har oltinchi ishtirokchi internet-kafe xizmatidan foydalanar ekan. So‘rov natijalariga qarab yoshlarni kengroq jalb etgan holda yangi loyihalar, ishlanmalar yaratish niyatimiz bor.

Davra suhbatida internet-kafelar faoliyati ham muhokama etildi. Yoshlarning javoblari internet-kafelarda global tarmoqdan foydalanishga doir qoidalarga amal qilinishini ko‘rsatmoqda. Ammo bu borada qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Internet tarmog‘idan ommaviy foydalanish joylarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, uning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan fikrlashildi.

– Bunday davra suhbatlari biz yoshlarni internetdan to‘g‘ri foydalanishga, vaqtimizni foydali ishlarga sarflashga undaydi, – deydi O‘zMU talabasi Nilufar Rahmonova. – Aslida tez va arzon axborot olish, uni qayta ishlab, yetkazib berishda internetga teng keladigan manba topilmaydi. Faqat yoshlarning ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan saytlarga kirishi, axborot olish madaniyatini kuchaytirishimiz zarur.

Tadbirda internet tarmog‘idan foydalanuvchilarni har tomonlama himoya qilish, ayniqsa, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish hamda ularda xalqaro tarmoq orqali kirib kelayotgan salbiy g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratildi.

WWW.UZA.UZ