Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INVESTITSIYA LOYIHALARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH – ENG MUHIM VA DOLZARB VAZIFA

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "Sharq taronalari" xalqaro festivali "Sharq taronalari" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
INVESTITSIYA LOYIHALARINI SAMARALI AMALGA OSHIRISH – ENG MUHIM VA DOLZARB VAZIFA

Toshkent shahrida 30-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkor va investorlar qatnashdilar.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqardi.

Davlatimiz rahbari investitsiyalar hajmini izchil ko‘paytirib borish, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, muhim ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, eng asosiysi, aholining hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilashning hal qiluvchi omili ekanini ta’kidladi.

2017-yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSh dollariga teng 545 investitsiya loyihasi kiritilgan bo‘lib, yil davomida 7,3 milliard dollarlik sarmoyalarni o‘zlashtirish belgilangan.

Shuningdek, 2017-yilda umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‘lgan 170 yangi ishlab chiqarish obyektini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 73,5 million dollarlik 9 loyihani amalga oshirish ishlari yakunlangani alohida qayd etildi.

Investitsiya dasturiga kirmagan, davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tumanlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan, hududlar miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 trillion 300 milliard so‘mlik mingdan ziyod yirik loyihalar amalga oshirilayotgani, bugungi kunda ularning 39 tasi bo‘yicha obyektlar ishga tushirilgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, buning oqibatida ko‘pgina investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, shu yilning birinchi yarmida 10 loyiha bo‘yicha obyektlarni ishga tushirish muddatlari asossiz ravishda kechiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash ishlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar tashabbuskorlari oldiga ana shunday muammolarni tezlik bilan hal qilish, bu boradagi qoloqlik holatlarini bartaraf etish qat’iy vazifa qilib qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilmasligi oqibatida zamonaviy obyektlarni ishga tushirish muddatlari kechikishi, bu esa talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning bozorga yetib borishiga, qancha-qancha odamlar, avvalo, yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi sustkashlik sabablaridan biri eng quyi tizimda, ya’ni, tashabbuskor tuzilmalar va loyiha institutlari darajasida tegishli hujjatlar yetarlicha puxta ishlab chiqilmasligi bilan bog‘liq ekani qayd etildi.

O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillardan ayon bo‘lmoqdaki, ayrim istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‘lib, ularning moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan natijalar bo‘yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan.

Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish, istiqbolli investitsiya loyihalari bazasini yaratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish haqida topshiriqlar berildi.

Bu borada kelgusi yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga faqat puxta ishlab chiqilgan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor va moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan investitsiya loyihalarini kiritishga alohida e’tibor berish zarurligi ta’kidlandi.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududlar rahbarlarining istiqbolli loyihalarni shakllantirish sifati uchun shaxsiy javobgarligi va mas’uliyatini oshirish lozimligi qayd etildi. Bu borada har bir rahbar o‘z tarmog‘i yoki hududini rivojlantirish bo‘yicha aniq ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni, kelgusi yillarda qanday loyihalarni amalga oshirish zarurligini har tomonlama chuqur bilishi, yaqqol tasavvur qilishi shart.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan yangi nazorat mexanizmini joriy etish bugungi kun talabiga aylanib borayotgan dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi. Ana shu mexanizm asosida Iqtisodiyot vazirligi har bir loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam monitoring qilib, uning natijalari to‘g‘risidagi haftalik axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borishi kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Vazirlar Mahkamasi har haftada tegishli tarmoqlar rahbarlari bilan mavjud muammolar va qoloqlik sabablarini muhokama qilib, ularni bartaraf etish, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishi lozim. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura va Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda ikki marta amalga oshirish jarayonida qandaydir muammo paydo bo‘layotgan loyihalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib, ularni amaliy jihatdan hal etishi zarurligiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar, hokimliklar rahbarlarining hisobоtlari, takliflari eshitildi va muhokama qilindi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

O’zA