Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Investitsiyaviy hamkorlik yangi kelishuvlar bilan boyidi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Investitsiyaviy hamkorlik yangi kelishuvlar bilan boyidi

Birlashgan Arab Amirliklari Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Ibrohim al-Mahmud boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida 3 oktyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston – BAA biznes-forumi oʻtkazildi.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekistonning BAAdagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi koʻmagida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari rahbarlari, viloyat hokimliklari, shuningdek, “Oʻzbekenergo“, “Oʻzbekneftgaz“, “Oʻzqurilishmateriallari“, “Oʻzeltexsanoat“, “Oʻzbekoziqovqatxolding“, “Oʻzagrotexsanoatxolding“ kabi yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Biznes-forumning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Suhrob Xolmurodov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Birlashgan Arab Amirliklari Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Ibrohim al-Mahmud soʻzga chiqdi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida oʻrnatilgan diplomatik aloqalar chorak asrdan ziyod tarixga ega. Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. Bu jarayon keyingi yillarda yanada faollashdi.

2018-yil boshidan buyon BAAning 60 dan ziyod kompaniyasi rahbarlari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ikki davlat oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning birinchi yarmida 82,4 million AQSH dollarini tashkil etdi. Yurtimizda BAA sarmoyasi ishtirokida 100 ta korxona tashkil etilgan boʻlib, ular sanoatning koʻplab tarmoqlarida faoliyat koʻrsatmoqda.

Ammo bu koʻrsatkichlar ikki davlatning iqtisodiy salohiyatiga mos emas. Ishga solinmayotgan imkoniyatlar koʻp. Biznes-forumda ayni shu masalaga eʼtibor qaratildi. Delegatsiya aʼzolari mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi, yangi investitsiya loyihalari taqdimotlari oʻtkazildi.

– Tashrifimizdan maqsad mamlakatingizdagi investitsiyaviy muhitni oʻrganish, oʻzaro sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishdan iborat, – dedi Abu-Dabi Savdo-sanoat palatasi Bosh direktori Muhammad al-Muhairiy. – Bugungi biznes-forum shu maqsadni roʻyobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-muloqotda Oʻzbekistonning neft-gaz, sayyohlik, oziq-ovqat, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, muqobil energetika kabi sohalar boʻyicha salohiyati bilan tanishdik. Yangi investitsiya loyihalariga bagʻishlangan taqdimotlar bizda katta qiziqish uygʻotdi.

Biznes-forum doirasida, jumladan, bunyodkorlik (savdo markazlari va mehmonxonalar), muqobil energetika (shamol va quyosh elektr stansiyalari) kabi yoʻnalishlarda kelishuvlarga erishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston va BAAning qiymati 1 milliard AQSH dollariga teng toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

Tadbirda ikki davlat ishbilarmon doiralarining “B2B” shaklidagi uchrashuvlari ham oʻtkazildi.

www.uza.uz