“IPAK YO’LIDA SAYYOHLIK” YARMARKASI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2015 yil 5 - 7 oktyabr kunlari Toshkentda har yili tashkil etiladigan an’anaviy “Ipak yo’lida sayyohlik” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo’lib o’tadi, deb xabar beradi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasining matbuot xizmati.
Butunjahon Sayyohlik tashkilotining ko’magida “O’zbekturizm” MK “Buyuk Ipak yo’li” davlat unitar korxonasi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi ushbu yarmarkaning tashkilotchilari hisoblanadi.
Joriy yilda ko’rgazma yigirma birinchi marotaba ochiladi. U milliy va mintaqaviy sayyohlik tashkilotchilarini, turoperatorlar, ma’rifiy va o’quv markazlari, mehmonxonalar, avia kompaniyalar va agentliklar, dam olish maskanlari hamda sog’lomlashtirish markazlarining vakillarini o’z atrofiga to’playdi.
“Ipak yo’lida sayyohlik” Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bu yil 2 ekspozitsiyani - xalqaro va milliy pavilonlarni namoyish etadi. Ular sayyohlik sohasi vakillarining o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatishlari yuzasidan amaliy muloqotlar o’tkazish hamda sayyohlik industriyasidagi so’nggi yangiliklar bilan tanishish uchun o’ziga xos maydon bo’ladi.
Shuningdek, yarmarka doirasida qator taqdimot marosimlari ham tashkil etiladi. Ular barcha sayyohlik firmalari va kompaniyalariga sohadagi yangi yo’nalishlarni ochish, mijozlar ko’lamini kengaytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Butunjahon Sayyohlik tashkiloti vakillari ishtirokida “Madaniy merosni asrash O’zbekistonda sayyohlik taraqqiyotining hissasi sifatida” mavzuiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya, 2-Xalqaro vino festivali va boshqa rang-barang tanlov hamda taqdimot marosimlari ham o’tkaziladi.
“Jahon” AA