IPOTEKA BANK ATIB O’Z BIZNESINI YO’LGA QO’YMOQCHI BO’LGAN FUQAROLARGA 23 YO’NALISHDAGI FAOLIYAT UCHUN KREDITLAR TAKLIF ETMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent viloyatining Olmaliq shaxrida Ipoteka bank ATIB hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi vakillari ishtirokida “Axoli o’rtasida tadbirkorlikni keng targ’ib qilish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Uchrashuvda bank xodimlari tomonidan xonadonlarda kichik biznesni rivojlantirish, yaratilayotgan imkoniyatlar va taklif etilayotgan kredit turlari haqida mahalliy aholi, tadbirkorlar va o’quvchi yoshlarga to’liq ma’lumotlar berildi.
O’tkazilgan davra suxbati davomida Ipoteka bank ATIB xodimlari ta’kidlaganlaridek mamlakatimizda erkin ishbilarmonlik muhitini yaratish, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" munosabati bilan axoli ehtiyojlari o’rganib chiqilgan holda, o’z biznesini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan fuqarolarga 23 yo’nalishdagi faoliyat uchun kreditlar taklif etilmoqda.
Ipoteka bank ATIB o’z biznesini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan fuqarolarga 23 yo’nalishdagi faoliyat uchun kreditlar taklif etmoqda - O’zbekiston yangiliklariBank tomonidan ushbu ishlarni amalga oshirishda ikki xil yo’nalishda tadbirlar o’tkazilmoqda. Birinchi yo’nalish bo’yicha shaharlarga sharoitidan kelib chiqib, tikuvchilik va chevarchilikni tashkil qilish, kasanachilikni rivojlantirish, sartaroshxona, go’zallik salonlari tashkil qilishga moliyaviy ko’mak berilmoqda. Ikkinchi yo’nalish qishloq joylarida chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, baliqchilik, shuningdek, bog’dorchilik barpo etish va qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlashni tashkil qilish kabi maqsadlarga qaratilmoqda.
Uchrashuv davomida qayd etilganidek, Ipoteka bank nafaqat tajribali tadbirkorlarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash balki, o’z faoliyatini endi boshlayotgan yoshlarga ham boshlang’ich kapitalini shakllantirish uchun mikrokreditlar ajratib kelmoqda. Bank tomonidan kasb-hunar kollej bitiruvchilarini bandligini ta’minlash va ularni har tomonlama qo’llab- quvvatlash, moliyalashtirish yuzasidan alohida dastur ishlab chiqilgan. Shunga ko’ra, 2016 yilda ushbu yo’nalishga 26,8 mlrd. so’m miqdorida mablag’ ajratildi va 1215 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Bir so’z bilan aytganda Bank tomonidan amalga oshirilayotgan barcha ishlar oila farovonligini oshirish va Axoli o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Bu maqsadlar esa o’z navbatida oddiy fuqarolarni ishbilarmon qilishda dasturul amal bo’lib xizmat qilmoqda.
UzReport