IPSE PREZIDENTI: O’ZBEKISTON-FRANSIYA MUNOSABATLARIDA YANGI BOSQICH BOSHLANMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston va Fransiya Respublikasi o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 25 yilligi - ekspertlar hamjamiyatining ikki tomonlama hamkorligida erishilgan natijalarga baho berish va kelgusi vazifalarlar haqida munosabat bildirishlari uchun muhim sana hisoblanadi. Yevropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti prezidenti Emmanuel Dyupyui bu borada quyidagi mulohazalarni bildirdi.
— O’zbekiston Respublikasi - Markaziy Osiyoda asosiy juғrofiy o’rinni egallab turgan muhim davlat sanaladi. Mamlakat ulkan iqtisodiy, sarmoyaviy, aqliy-ma’naviy va sayyohlik salohiyatiga ega. Yevropa Ittifoqi va Fransiya O’zbekiston bilan munosabatlar o’rnatishda mazkur jihatlardan kelib chiqishi kerak hamda bu hamkorlik xavfsizlik borasidagi tahdidlarga javob berishga ko’maklashadigan mintaqaviy integratsiyalashuvga xizmat qilishi lozim.
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, O’zbekiston-Fransiya aloqalarining zamonaviy poydevori ushbu munosabatlarning tiklanishi va izchil rivojlanishi uchun ko’p xizmati singgan Birinchi Prezident Islom Karimovning bevaqt olamdan o’tishi davrida qo’yildi.
Umid qilamizki, O’zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik yanada chuqurlashadi va rivojlanadi.
Mamlakatlarimiz imkoniyatlarini hisobga olganda, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar salohiyatidan to’laqonli foydalanilmayotganini ham alohida qayd etish zarur. O’zbekistonda Fransiya kompaniyalari bilan birgalikda atigi 15 ta korxonaning faoliyat yuritayotgani haqidagi dalil ham o’zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni har tomonlama jonlantirish va faol rivojlantirish, mamlakatingizga fransuz biznesini jalb etish zarurligini anglatadi.
O’tgan yillar davomida Fransiya ekspertlar hamjamiyati, jumladan, Yevropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti O’zbekistonning bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqalar o’rnatishga muvaffaq bo’ldi va biz ikkala tomon uchun ham foydali ushbu munosabatlarni rivojlantirish tarafdorimiz.
“Jahon” AA, Parij