IQTISODIY MANFAATLAR HIMOYASI TA’MINLANMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida mustaqillik yillarida bojxona organlarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G.Shukurov va boshqalar istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qodir milliy bojxona xizmati shakllanganini alohida ta’kidladi.
Bugungi kunda bojxona organlarida soha infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy-texnik salohiyatini takomillashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotir.
Davlat bojxona qo‘mitasida axborot to‘plash, unga ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va uzatish bo‘yicha ko‘plab avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlab chiqilgani va joriy etilgani samarasida ruxsat berish tartib-taomillari optimallashtirildi, tovar va transport xizmatlari harakatlari nazorat qilinmoqda, tashqi savdo munosabatlari ishtirokchilari uchun qulayliklar yaratilmoqda.
Bu boradagi aksariyat loyihalar “elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish doirasida hayotga tatbiq etilayotir. Masalan, “Bojxona” axborot tizimlari kompleksi tovarlarni bojxonada bir kunda rasmiylashtirish va boshqa tegishli xizmatlar ko‘rsatish, tovarlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish hamda eksport-import shartnomalarini qayd etish imkonini bermoqda.
Bojxona xizmati xodimlari mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shmoqda. Joriy yil boshidan buyon ular davlat byudjetiga 3,4 trillion so‘m kelib tushishini ta’minladi. 11,5 mingta qonunbuzarlik holatining oldi olinib, qiymati 43 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar musodara qilindi.
Tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasining bir guruh ilg‘or xodimlariga “O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil” esdalik nishoni topshirildi.
O’zA