IQTISODIY O’SISHNING MUHIM BO’G’INI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O’zbekiston jahondagi sayyohlik industriyasini jadal rivojlantirish imkoniyatlari yuqori bo’lgan mamlakatlar sirasiga kiradi.
O’zbekiston sayyohlik ko’lami va tarixiy qadamjolari ko’pligi bo’yicha dunyodagi yetakchi o’n davlatdan biridir. O’tgan yili Samarqand shahri jahondagi albatta borib ko’rish shart bo’lgan ellikta shahar qatoridan o’rin oldi. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi 2014-yilda Samarqand shahrida o’tkazildi va anjuman qatnashchilari mamlakatimiz sayyohlik salohiyati, mavjud imkoniyatlar bilan tanishib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
Bu Prezidentimiz rahnamoligida ajdodlarimizdan meros tarixiy-madaniy obidalarni asrab-avaylash, turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir. Soha faoliyatini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratilgani, mamlakat miqyosida va har bir hudud bo’yicha maxsus davlat dasturlarining ishlab chiqilgani va amalga oshirilayotgani bugungi natijalarning muhim omili bo’lmoqda. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda izchil davom ettirilmoqda.
— Mamlakatimiz turizm industriyasining rivojida o’z o’rniga ega Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirishning 2016-yilgacha bo’lgan manzilli dasturi qabul qilingan, - deydi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi Samarqand mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi Ilhom Suvonov. - Dasturda viloyatda turistik resurslardan oqilona foydalanish, ko’rsatilayotgan xizmat turlarini ko’paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish, sayyohlikning ekologik, sog’lomlashtirish, agro va faol turlarini rivojlantirish, ichki turizmni qo’llab-quvvatlash, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Buning natijasida bir paytlar sanoqligina mehmonxona va sayyohlik firmasi bo’lgan viloyatda hozir bir yo’la 4 mingdan ziyod kishini qabul qilish imkoniga ega to’qsondan ortiq mehmonxona, yetmishdan ziyod sayyohlik firmasi faoliyat ko’rsatmoqda.2008-yilda viloyatdagi turistik tashkilotlar va mehmonxonalar tomonidan 14 milliard 600 millionso’mlik sayyohlik xizmatlari ko’rsatilgan bo’lsa, 2014-yilda 100 mingga yaqin chet ellik va 60 mingdan ortiq mahalliy sayyohlarga ko’rsatilgan umumiy xizmatlar hajmi 34 milliard so’mdan ortiqni tashkil etdi.
Bugungi kunda viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan turistik firmalar London, Berlin, Madrid, Milan, Tokio, Shanxay, Seul, Moskva kabi yirik shaharlarda o’tkazilayotgan yarmarkalarda faol ishtirok etib, yurtimizga xorijiy sayyohlarni keng jalb etishga munosib hissa qo’shmoqda. Har yili o’tkazilayotgan an’anaviy Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ham Samarqand viloyati vakillari turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritmoqda.
Joriy yilning 27-28-aprel kunlari “Dam olish dunyosi - 2015” xalqaro O’zbekiston sayyohlik ko’rgazmasida Samarqand viloyati faol ishtirok etib, maxsus diplom bilan taqdirlandi. Xalqaro ko’rgazma mehmonlari - dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan turistik kompaniyalar rahbarlari Samarqandga tashrif buyurib, bu shahar chindan ham dunyoning eng go’zal, tarixiy obidalarga boy shahri ekanini e’tirof etdi va hamkorlik bo’yicha kelishuvlarga erishdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi “O’zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning ayrim masalalari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston ekoturistik salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, viloyatdagi Zarafshon davlat qo’riqxonasi ustuvor rivojlantirish zonasi sifatida belgilanib, bu maskanda sayyohlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu yo’nalishda Urgut tumani “Yuqori chinor”, “Ming archa” va Taxtaqoracha dovoni atrofidagi dam olish maskanlari, Samarqand tumanining Ohalik tog’li qishlog’i, Nurobod tumanidagi “Nurbuloq” sanatoriysi atrofi, Paxtachi tumanidagi Dobus qal’a o’rni va boshqa hududlarda ishlar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, yo’l bo’yi va turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida joriy yilda bir qator muzeylar atrofida, viloyat hududidan o’tuvchi M37, M39 avtomagistrallari bo’yida zamonaviy va barcha talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyenik uzellar, ovqatlanish va dam olish maskanlari qurish rejalashtirilgan. Sayyohlar keladigan ob’yektlarda WI FI zonalari tashkil etiladi.