Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Iqtisodiy taraqqiyotimizning muhim omili

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Iqtisodiy taraqqiyotimizning muhim omili

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida «Tadbirkorlikni rivojlantirish – O‘zbekiston iqtisodiyotini yuksaltirishning muhim omili» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda AQSh, Xitoy, Ispaniya, Italiya, Latviya va Rossiyadan mamlakatimizga Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish uchun kelgan ekspertlar ishtirok etdi.

Brifingda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Chet ellik mehmonlar O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va biznes muhitini takomillashtirish, tadbirkorlarimiz xorijiy sheriklar bilan ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovar hamda xizmatlarni tashqi bozorlarga taklif etishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar bilan tanishtirildi.

Xususan, Savdo-sanoat palatasi tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan seminar, trening va konferensiyalarda tadbirkorlarga soliq va bojxona qonunchiligi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, kredit olish tartibi tushuntirilmoqda. O‘tgan yili o‘zbekistonlik 80 tadbirkor Germaniya, Malayziya, Xitoy, Isroil, Janubiy Koreya va Italiyada kasb malakasini oshirib qaytdi.

2014-yilning 1-yanvaridan tadbirkorlik subyektlarini internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish imkoniyatining yaratilgani bu jarayonni sezilarli darajada yengillashtirdi. O‘tgan yili 10 mingdan ziyod yangi tadbirkorlik subyektining onlayn-ro‘yxatdan o‘tgani ham buning yorqin tasdig‘idir.

Ayniqsa, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada o‘tkazib kelinayotgan «Mening biznes g‘oyam», «Yosh tadbirkor – yurtga madadkor», «Yosh tadbirkor – kelajakka poydevor» va boshqa tanlovlar g‘oliblariga o‘z biznes-loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.

Xalqaro hamkorlik ham kengayib bormoqda. O‘tgan yili mamlakatimizda 56 qo‘shma korxona tashkil etildi.

– O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida batafsil axborot oldik, – deydi Misr Arab Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Hamdi Abu al-Aneyn. – O‘zbekistonda fermerlik qanday rivojlanayotgani bilan tanishib, qator korxonalarda bo‘ldik. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash, namunali loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar qurish borasidagi yutuqlar katta taassurot qoldirdi. Bularning barchasi mamlakatingizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali davlat siyosati amalga oshirilayotganidan dalolatdir.

www.uza.uz