Ishbilarmon, tashabbuskor yoshlar anjumani
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan yoshlar forumi o‘tkazildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi mutaxassislari, bank xodimlari, tadbirkor va fermerlar, yoshlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, fermerlik harakatini rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jarayonida bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni fermerlik faoliyatiga jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-martdagi “Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
– Mamlakatimizda agrar sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurti talabalari hamda kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining nazariy va amaliy bilimlarini oshirish, tashabbus va intilishlarini rag‘batlantirishda mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarlar va tanlovlar muhim ahamiyat kasb etayotir, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xoniyozov. – Mazkur forum va uning doirasida tashkil etilayotgan “Loyihalarimiz yoshlarga, tadbirkorlarga va har bir kollej bitiruvchisiga” mavzusidagi tadbir ham ana shu maqsadga qaratilgandir. Forumda o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, kollejni bitirib, imtiyozli kredit olgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yigit-qizlarning olti oygacha soliqdan ozod etilishi, soliq stavkasining miqdori, to‘lov shartlari bo‘yicha yaratilgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Forum doirasida “Kelajak fermeri”, “Diplom bilan biznesga”, “Ishbilarmon talaba”, “Parlamentda mening o‘rnim”, “Yosh olimlar va mutaxassislar”, “Xavfsiz internet”, “Yoshlar va milliy qonunchilik”, “Yosh fermer” kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Bunday tadbirlar Qorao‘zak, Chimboy va Kegeyli tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.