ISHCHI GURUHLARNING NAMANGAN SHAHRIDAGI UCHRASHUVIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 5-13-avgust kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi va muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda chegara chizig‘ining pozitsiyalar mos kelgan uchastkalarini bayon qilish davom ettirildi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi va topografik-geodizik ishlar o‘tkazildi.
Birgalikdagi ishlar yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va konstruktiv ruhida bo‘lib o‘tdi.