ISHONCHLI VAKIL SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili S.Hamroyev Buxoro viloyati Qorako‘l tumani saylovchilari bilan uchrashdi. Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi, undagi eng muhim yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdi.
Dastur yetti ustuvor yo‘nalishdan iborat. Unda asosan ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada kengaytirish, xalqimizning betakror tarixiy, madaniy va intellektual merosi, madaniyati va an’analarini asrab-avaylash, boyitish, uni aholi, ayniqsa, navqiron avlod orasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Qadimiy va boy tarixga ega o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash va uning to‘la amal qilishiga erishish, til madaniyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish, milliy g‘oya, jamiyatimizning ma’naviy-axloqiy asoslari ustuvorligini ta’minlash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni, xalqimizga xos bag‘rikenglik, totuvlik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash vazifalari ilgari surilgan.
Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan mashhur besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bardavomligini ta’minlash, boy tarixiy, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyat va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni yuksaltirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Uchrashuvda Qorako‘l tumani "Xo‘jalar" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Q.Halimova, Respublika Ma’naviyat targ‘ibоt markazi tuman bo‘limi rahbari Q.Davlatov, Qorako‘l tibbiyot kolleji o‘qituvchisi N.Sulaymonova va boshqalar Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan vazifalar xususida fikr bildirdi.
Ishonchli vakil saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
O’zA