Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISHONCHLI VAKIL SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISHONCHLI VAKIL SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovning ishonchli vakillari joylardasaylovchilar bilan uchrashmoqda.

Nukus tumani hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakili R.O‘terboyev saylovchilarni Narimon Umarovning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Qayd etilganidek, dasturda "Ijtimoiy tenglik – teng huquq va teng mas’uliyat demakdir" tamoyiliga tayangan holda fuqarolarning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tengligi, har bir fuqaro qobiliyati va malakasidan kelib chiqib mehnat qilishi kafolatlanadigan, mehnatining miqdori va sifatiga yarasha munosib ish haqi va hayot darajasiga erishish uchun keng va teng imkoniyatlar yaratilgan ijtimoiy davlat qurish g‘oyasi ilgari surilgan.

Prezidentlikka nomzod ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda xodimning haq-huquqlarini to‘laqonli ta’minlash, u bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, xodim mehnatiga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘urta qilish, pensiya ta’minoti talablariga rioya qilmagani uchun ish beruvchi mas’uliyati oshirilishi tarafdori ekanini bildirdi.

Nomzodning ishonchli vakili bilan bo‘lgan uchrashuvda tumandagi 12-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi B.Sag‘indiqov, 1-ixtisoslashgan davlat maktabi o‘qituvchisi L.Eluboyeva Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA