Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISHONCHLI VAKIL XATIRCHI TUMANI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISHONCHLI VAKIL XATIRCHI TUMANI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning ishonchli vakili A.Ahmedov Navoiy viloyati Xatirchi tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil saylovchilarni Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Vakil Prezidentlikka nomzodning dasturida belgilangan muhim jihatlarni qayd etar ekan, qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatilishini tartibga soluvchi qonun va hujjatlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish, farmavsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini mustahkamlash, dori vositalari reklamasini cheklash kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Nomzod dasturida istiqbolli loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya dasturlari ishlab chiqishga malakali o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni jalb etish hamda hududiy bandlik dasturlari bilan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash, ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun aholi bandligini ta’minlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, ish o‘rinlari tashkil etish dasturining so‘zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish kabi ustuvor vazifalar ilgari surilgan.

Uchrashuvda xalq deputatlari Xatirchi tumani Kengashidagi partiya guruhi rahbari R.Boymurodov, tumandagi 88-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktori M.Saidahmedova, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tuman bo‘limi direktori Sh.Jo‘rayeva va boshqalar nomzodning dasturida belgilangan ustuvor vazifalar xususida fikr bildirdi.

Nomzodning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

O’zA