Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISLOHOTLAR – FAROVONLIK OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISLOHOTLAR – FAROVONLIK OMILI

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Buni poytaxtimizning Sergeli tumani misolida ham ko‘rish mumkin. Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida ushbu maqsadlarga 3 milliard 221 million so‘m yo‘naltirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotir.

– Xususiy sektorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi tuman hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev. – Joriy yil boshidan buyon tumanimizda 51 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmi 41 milliard 700 million so‘mni tashkil etdi. Soha vakillariga 22 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 milliard so‘mga ko‘pdir. Buning samarasida metall quyish, avtomobil moyini qadoqlash korxonalari va sog‘lomlashtirish markazi tashkil etildi. Chet el investitsiyalari jalb etilgan “Azamat servise group” korxonasida avtomobillar uchun antifrizlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, yodlangan tuz, qurilish materiallari va kimyoviy mahsulotlar, santexnika buyumlari va mebel ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Buning samarasida 1100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Yangi tashkil qilingan “Inter plast Tashkent” korxonasida 50 kishi ish bilan ta’minlanadi.

– Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, konservalangan palov, xamir mahsulotlari, shuningdek, ular uchun tunuka idishlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi korxona direktori Hikmatillo Abdullayev. – Korxonamiz yiliga qariyb 2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Aholi uchun qulay yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, toza ichimlik suvi, elektr va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilayotir. Buning uchun uzunligi 20 kilometrdan ortiq elektr liniyalari va 25 transformator, 28 qozonxona kapital ta’mirlandi, yangi qozonxona qurilmoqda. Gaz taqsimlash punktlari texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, 300 metr yangi gaz quvuri yotqizildi. “Suvsoz” davlat unitar korxonasi tomonidan 10 gidrant o‘rnatildi.

Ko‘p qavatli uylarning tomi, old tomoni va kirish yo‘laklari joriy hamda kapital ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari, 64 ming pogon metr ariq tozalandi. Mahallalarda 100 dan ortiq bolalar maydonchasi ta’mirlandi. Homiylar hisobidan 40 yangi bolalar maydonchasi qurildi.

– 7600 kishi istiqomat qiladigan mahallamizda joriy yilda to‘rtta bolalar maydonchasi barpo etildi, – deydi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muhabbat Yeshmetova. – Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari ta’mirlanib, bruschatkalar yotqizildi. Aholi bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylarning oldida avtomobillar turar joylari tashkil etildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh turgan hududlarda atele, poyabzal ta’mirlash ustaxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yigirmadan ziyod kishi ishga joylashtirildi. Kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maxsus kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan “Fashion star” korxonasiga uch tomonlama shartnoma asosida 100 ga yaqin bitiruvchi ishga qabul qilindi.

– Bo‘sh ish o‘rinlari bazasini har oy yangilab boramiz, – deydi Sergeli tumani bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi Akmal Abduvahobov. – Avgust oyida kollej bitiruvchilari uchun 800 yangi ish o‘rni yaratildi.

Bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlar Prezidentimiz rahnamoligida Vatanimizni yanada ravnaq toptirish, aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning yorqin ifodasidir.

O‘zA