Islohotlarning hayotbaxsh samaralari aholi turmush farovonligida yaqqol namoyon bo’lmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Biror hudud taraqqiyotiga baho berilganda, avvalo, uning iqtisodiy salohiyati alohida e’tiborga olinadi.
Qashqadaryo viloyatida ham istiqlol yillarida mazkur sohaning barcha tarmog’ida izchil yuksalishga erishildi. Eng chekka va olis qishloqlargacha sanoat kirib bordi. Bir paytlar cho’lu biyobondan iborat bo’lgan kengliklarda zamonaviy korxonalar faoliyati yo’lga qo’yildi.
Bu kabi islohotlarning hayotbaxsh samaralari aholi turmush farovonligida o’z aksini topayotgani quvonarli holdir.
Aytish joiz, 2014-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot 7,9 foiz, shu jumladan, sanoat mahsulotlari hajmi 6,7, xalq iste’moli mollari 5,8, kapital qo’yilmalar 5,6, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foiz o’sdi.
Vohadagi ijobiy o’zgarishlarni Dehqonobod tumanidagi yangilanishlar misolida ham ko’rish mumkin. Yaqin-yaqingacha tap-taqir dashtdan iborat bo’lgan bu joylar bugun bog’-rog’larga burkanib, ko’rkam manzillarga aylanmoqda. Mazkur hududda barpo etilayotgan sanoat korxonalari nafaqat viloyat, balki butun mamlakatimiz ravnaqida salmoqli o’rin tutishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan loyihalarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilayotir.
E’tirof etish lozimki, tumanga temir yo’l kirib kelishi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi kabi yirik sanoat korxonasining ishga tushirilishi hududda qo’shimcha tarmoqlarning rivojlanishiga turtki berdi. Masalan, shu paytga qadar bu yerga oziq-ovqat mahsulotlari ham boshqa hududlardan keltirilardi. Bu esa ortiqcha ovoragarchiliklarga sabab bo’lardi. Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi tomonidan tumanda qandolat va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog’ining tashkil etilishi ushbu muammoni bartaraf etishda ayni muddao bo’ldi. Ya’ni ichki iste’mol bozorini sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish imkoniyati yuzaga keldi. Xususan, 2011-yili ishga tushirilgan pechenye sexi xorijning eng zamonaviy texnologik liniyasi bilan jihozlangan. Ayni paytda 20 kishi mehnat qilayotgan korxonada bir smenada 800 kilogrammgacha shirinliklar tayyorlanmoqda.
Xamir qorishdan tortib tayyor mahsulotni qadoqlashgacha bo’lgan barcha jarayon konveyer usulida amalga oshiriladi, - deydi sex smena ustasi Olim Qurbonov. - Shirinliklarimiz sifati bilan xaridorlarga manzur bo’layapti. Hozir mahsulot turini ko’paytirish barobarida, ishlab chiqarish hajmini oshirishga ham harakat qilmoqdamiz.
Joriy yilda tumanda yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida yuqoridagi kabi 123 ta loyihani ro’yobga chiqarish rejalashtirilgan. Bu qo’shimcha 570 ta ish o’rni tashkil etish hamda ichki iste’mol bozorini sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’ldirish imkoniyatini yanada kengaytiradi.