Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHINING TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LAJAK 43-SESSIYASIGA DOIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHINING TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LAJAK 43-SESSIYASIGA DOIR

2016-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi milliy va xorijiy OAV vakillari uchun 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi, deb xabar beradi O’zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fazilov jurnalistlar oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tganidek, mazkur yig‘ilishda 26 ta IHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari rasmiy ravishda o‘z ishtirokini tasdiqladilar. Bular Afg‘oniston, Bangladesh, Falastin, Gayana, Indoneziya, Iordaniya, Jazoir, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Liviya, Malayziya, Maldiv, Misr, Nigeriya, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Somali, Surinam, Tojikiston, Turkiya, Yaman tashqi siyosat idoralari rahbarlaridir.

Sessiyada IHT bosh kotibi Iyad Amin Madani, Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajjar, tashkilotning qator yordamchi va maxsus muassasalari bosh direktorlari, AQSh, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariyaning IHTdagi maxsus vakillari hamda BMT, YXHT, Arab davlatlari ligasi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) va boshqa ko‘plab tashkilotlar vakillari ham ishtirok etadi.

18-oktabrda o‘z ishini boshlaydigan sessiya doirasida TIVKning amaldagi raisi Quvayt Davlati o‘z raislik vakolatini rasman O‘zbekistonga topshiradi. Shu paytdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining tashqi ishlar vaziri mazkur organning 2017-yildagi navbatdagi sessiyaga qadar IHT TIVKning raisi funksiyalarini amalga oshiradi.

Tasdiqlangan dastur va kun tartibiga muvofiq ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga musulmon davlatlarni birlashtiruvchi umume’tirof etilgan forum sifatida qaraydi, IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi bo‘lajak raisligini esa islom tamadduni rivojiga mamlakatimiz tomonidan qo‘shilgan ulkan tarixiy hissani e’tirof etilishi deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston tashkilotning dunyodagi rolini kengaytirish hamda tashkilot oldidagi muhim vazifalarni hal etishga har tomonlama ko‘mak berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ravishda, vayronkor mafkuraga qarshi kurash, mamlakatlarimiz aholisida, ayniqsa yosh avlod vakillarida muqaddas Islom dini qadriyatlari haqida to‘g‘ri tushuncha va fikrni shakllantirish, har tomonlama yetuk va yuqori bilimli yoshlarni tarbiyalash masalalarining davlatlarimiz barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining IHT TIVKdagi raisligi “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tadi.

Yalpi majlisda sessiya qatnashchilari davlatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash, tinchlikni mustahkamlash sohasidagi IHT oldida turgan umumiy vazifalarni hal qilish hamda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ta’lim, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini ham muhokama qiladilar.

IHT TIVKning 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida joriy yilning avgust oyida Saudiya Arabistoni Podshohligida Jidda shahrida Iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasining 39-sessiyasi hamda IHTga a’zo davlatlar yuqori mansabdor shaxslarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forumlar ishida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Mazkur tadbirlar yakunlariga ko‘ra Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT TIVK majlisi davomida tasdiqlanishi rejalashtirilgan 100dan ortiq rezolyutsiyalar qabul qilindi. Bundan tashqari IHTning Maxsus qo‘mitasi tomonidan tadbir davomida qo‘shimcha ravishda yana qator rezolyutsiyalar loyihalari ko‘rib chiqiladi.

Sessiya yakuniga ko‘ra qabul qilinadigan asosiy hujjat Toshkent deklaratsiyasi hisoblanadi. Mazkur hujjat IHT kun tartibidagi asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarni hamda O‘zbekiston Respublikasining mazkur tashkilot TIVKdagi bo‘lajak raisligining ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

www.mfa.uz