Ismatulla Irgashev Yaponiya Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2019-yilning 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiya Muvaqqat ishlar vakili Atsushi Suda bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘onistondagi tang holatni hal qilishdagi sa’y-harakatlari, ushbu mamlakatda turli loyihalarni birgalikda hayotga tadbiq qilishda hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yaponiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga, mazkur mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarga yuqori baho berdi va Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarini qayta tiklashda xalqaro hamjamiyat faoliyatini kengaytirishning muhimligi to‘g‘risidagi fikrni har tomonlama qo‘llab-quvvatladi.
TOSHKENT, 25 iyul. /«Dunyo» AA/.