ISPANIYADAN QUTLOVLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayrami munosabati bilan Ispaniya Qirolligi senatorlari o’z tabriklarini yo’lladilar.
Xose Mariya Chikilo:
“Milliy madhiyangizda ta’kidlanganidek, yurtingiz ozod serquyosh o’lka hisoblanadi. O’zbekiston mustaqil rivojlanish yo’lida salmoqli yutuqlarni qo’lga kiritdi. Bu, shubhasiz, yuksak bahoga loyiqdir.
Biz ikki mamlakat parlamentlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyormiz. Bu ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, O’zbekiston halqini mustaqillikning 24 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Bayram munosabati bilan barcha o’zbekistonliklarga baxt, serquyosh osmon va tinchlik-osoyishtalik tilayman”.
Pedro Agramonte:
“Men O’zbekiston bo’ylab safarim chog’ida malakatingizning qadimiy tarixi va boy madaniyati bilan yaqindan tanishish sharafiga muyassar bo’ldim. Yurtingiz barcha sohalarda yanada ulkan yutuqlarga erishishini tilayman.
Yaqin kelajakda mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik ko’lami yanada kengayishiga ishonchim komil. Zero, ikki tomonlama aloqalarning tarixiy ildizlari Amir Temur hukmronligi davriga borib taqaladi. Ispaniya Qiroli elchisi de Klavixoning Amir Temur saltanatiga yuborilishi hamda Ispaniyadagi Valensiya shahrining Buyuk Ipak yo’lida joylashgani bunga yaqqol misol bo’la oladi.
24 yil davomida demokratik davlat barpo etish va mustaqil taraqqiyot yo’lida shahdam qadamlarni tashlayotgan O’zbekiston halqini Mustaqillik bayrami bilan chin dildan qutlayman. Barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”.
“Jahon” AA, Madrid