ISPANIYALIK EKSPERTLAR O’ZBEKISTONNING MUSTAQILLIK YILLARIDA ERISHGAN MUVAFFAQIYATLARI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan islohotlar jahon miqyosida keng e’tirof etilayotgani barobarida xorijiy davlatlarning ekspertlar hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg’otmoqda. Madridda ispaniyalik mutaxassislar O’zbekistonning bu boradagi muvaffaqiyatlari haqida «Jahon» axborot agentligi muxbiriga quyidagi fikrlarni bildirishdi.
— O’zbekiston rahbariyati qonun ustuvorligi va unga rioya qilinishi ta’minlanishiga, aholining siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalishiga katta e’tibor qaratmoqda, - deydi Granada universitetining ma’muriy huquq bo’yicha professori Xuan Alonso. - Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni ijrochilarga hamda aholiga yetkazish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Mamlakat bu yo’nalishda salmoqli tajriba to’pladi. Joriy yil iyun oyida Toshkentda bo’lib o’tgan “Qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish bo’yicha xalqaro tajriba: amaliy jihatlar va huquqiy tartibga solish” mavzusidagi davra suhbati chog’ida O’zbekistonning bu sohadagi tajribasi muhokama qilindi.
Shuni qayd etish kerakki, har qanday mamlakatda qabul qilinadigan qonunlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning, demokratik o’zgarishlar jarayonlarini chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati barpo etishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ularning samaradorligi qonunlarning o’z vaqtida aholiga hamda bevosita ijrochilarga yetkazilishiga bog’liqdir.
O’z navbatida, “Panevropa ittifoqi” ijtimoiy-siyosiy harakatining Yoshlar qo’mitasi raisi Karlos Uriarte O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratdi.
— Respublikada inson huquqlari himoyasi tizimini takomillashtirish sohasida ro’y berayotgan jarayonlar mamlakatingizda yangi demokratik tizim barpo etilayotganining salmoqli tasdig’i bo’la oladi, - dedi u. - O’zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari himoyasi bo’yicha xalqaro me’yorlarni milliy qonunchilikka hamda huquqiy amaliyotga joriy etish yuzasidan izchil sa’y-harakatlari mamlakatingizning xalqaro hamjamiyatga to’la integratsiyalashuviga imkon beradi.
«Jahon» AA, Madrid