ISROIL DIN ISHLARI BO’YICHA VAZIRI: O’ZBEKISTON - BAG’RIKENGLIK NAMUNASIDIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’zbekiston butun dunyo uchun bag’rikenglik namunasi hisoblanadi”
Ushbu so’zlarni Tel Avivda mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan axborot kechasida Isroil Diniy ishlar vaziri David Azulay ta’kidladi.
“Isroil xalqi O’zbekiston oldida Ikkinchi jahon urushi davrida yuz minglab yahudiylar hayotini saqlab qolgani uchun qarzdordir. Bu borada, yurtingiz bag’rikenglik, o’zaro madaniyat va dinlararo muloqotning haqiqiy namunasi sanaladi.
O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlarimizni har tomonlama mustahkamlash davlatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Markaziy Osiyoda muhim rol o’ynaydigan respublika bilan ko’p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz”, - dedi Isroil vaziri.
D.Azulay mamlakatimizninig barqaror rivojlanishi asosida chuqur o’ylangan va muvozanatli siyosat, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo’lidagi sinalgan va bunyodkor yondashuv, barqaror iqtisodiy o’sishga intilish singari omillar yotganini ta’kidladi.
Tel-Avivdagi mazkur tadbir doirasida o’zbek xalqining boy ma’naviy va madaniy merosi hamda mamlakatning zamonaviy taraqqiyotiga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil qilindi hamda “Lazgi” ansambli ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
“Jahon” AA, Tel-Aviv