Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISROILDA BO’LIB O’TGAN MATBUOT ANJUMANI MUHIM MAVZUGA BAG’ISHLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISROILDA BO'LIB O'TGAN MATBUOT ANJUMANI MUHIM MAVZUGA BAG'ISHLANDI

Tel-Avivda Isroilning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Shu yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga bag’ishlangan mazkur tadbirda mamlakatda chop etiladigan «Jerusalem post», «Yediot axronot», «Gaarets», «Vesti» gazetalari, «Globus» haftanomasi, «Kursor» axborot agentligi, Y.net va Banot singari elektron portallarning vakillari ishtirok etdilar.

Respublikamizda oldinda turgan muhim siyosiy voqyeaga tayyorgarlikning borishi jarayonlari, umumxalq ovoz berishini oshkoralik va shaffoflik sharoitida hamda yuqori tashkilotchilik darajasida o’tkazish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan bog’liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo’ldi.

Tadbir chog’ida ta’kidlanganidek, mustaqillik yillari davomida mamlakatimizda umum e’tirof etilgan saylov andozalariga mos keladigan milliy saylov qonunchiligi va tizimi shakllantirildi. Milliy saylov tizimining muhim xususiyatlari asosiy qonun - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida bobida aks ettirildi. Jumladan, Konstitutsiyaning 117-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini ifoda etish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.

Shuningdek, O’zbekistonda saylovlar muqobillik asosida to’g’ridan-to’g’ri va yashirish ovoz berish yo’li bilan amalga oshirilishiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Matbuot anjumanining ayrim ishtirokchilari tadbir yakunlari bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Grir Fay Keshman, «Jerusalem Post» gazetasining siyosiy sharhlovchisi:

— Mustaqil rivojlanish yillari davomida O’zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va siyosiy tizimni liberallashtirishga yo’naltirilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etdi. Oldinda turgan Prezident saylovlari mamlakat Konstitutsiyasi me’yorlari asosida, saylovchilarning o’z xohish-irodalarini erkin ifodalash huquqiga rioya etilgan holda o’tishiga aslo shubha yo’q.

Liya Sodeks, «Reka» radiosi yangiliklar xizmatining muharriri:

— O’zbekiston Prezidenti lavozimiga muqobillik asosida to’rtta siyosiy partiya o’z nomzodini ilgari surmoqda. Bu saylovchilar uchun yetarli darajadagi keng siyosiy tanlash imkoni mavjuddir, degan gap. Mening kuzatishlarim shuni ko’rsatmoqdaki, tashkiliy jihatdan va nomzodlarning ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalashlari nuqtai nazaridan ham saylov kampaniyasi barcha demokratik tamoyillarga muvofiq ravishda kechmoqda. Bu esa umumxalq ovoz berishi tom ma’noda demokratiya ruhida o’tajagidan dalolat beradi.

Lior Gat, «Yediot axronot» gazetasi xalqaro axborotlar bo’limining muharriri:

— O’zbekistonda bo’lajak saylovlar qator sabablar bois xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg’otmoqda. Birinchidan, respublika Markaziy Osiyo mintaqasida juda muhim o’rin tutadi. Bunga shak-shubha yo’q. Ikkinchidan, mamlakat salmoqli geosiyosiy, iqtisodiy va insoniy resurslarga ega. Uchinchidan, O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi bosqichini boshlayotgani ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovlarga tayyorgarlik bosqichi ijobiy bahoga loyiqdir. Bunda Markaziy saylov komissiyasining o’rni katta bo’lmoqda. Chunki bu konstitutsiyaviy organ o’z vazifalariga jiddiy mas’uliyat bilan yondoshgani holda umumxalq ovoz berishi jarayoni adolatli raqobat, yuksak tashkilotchilik, demokratiya, ochiqlik va shaffoflik asosida o’tishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rmoqda.

“Jahon” AA, Tel-Aviv