ISROILLIK SHIFOKORLAR – O‘ZBEKISTONDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi tantanalari shukuhi davom etayotgan ushbu kunlarda Toshkent shahrida joylashgan “Horev Medical Center” xususiy tibbiyot markazi ayni shu sanaga bag‘ishlab bir guruh isroillik soha mutaxassislarini O‘zbekistonga taklif etib, bepul xayriya tadbirlarini tashkil etdi.
Aktsiya dasturiga ko‘ra, shu yilning 6-8 sentyabr kunlari Isroilning terepevt, yuz-jag‘ jarrohi, stomatolog, ortoped, neyroxirurg, urolog, onkolog kabi yo‘nalishlar professor-shifokorlari yurtimizning turli viloyatlaridan davo izlab kelgan 300 nafardan ziyod bemorlarning kasallik tashxislarini aniqlab, ularni davolash tadbirlarini belgilashdi.
Shu bilan birga yana bir muhim saxovatni ta’kidlash joizki, aktsiya doirasida isroillik shifokorlar va “Horev Medical Center” xususiy tibbiyot markazi Namangan viloyatida yuz va qo‘l suyaklarining deformologiyalashgani tashxisi bilan tug‘ilgan 10 yoshli O.Bozorovani Tel-Avivda davolanishi – u yerga borib-kelish xarajatlari va bir necha jarrohlik amaliyotlarini tekinga amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildilar.
— Men O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda barcha sohalar kabi tibbiyotga ham alohida e’tibor qaratilayotganidan, yangi imkoniyatlar yaratilayotganidan juda mamnun bo‘ldim, - dedi “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan suhbat chog‘ida delegatsiya rahbari, Isroilning Xayfa shahrida joylashgan “Horev” shifoxonasi direktori Barak Roman. – Bugun yurtingizda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolanishda qo‘llaniladigan dunyoning eng ilg‘or texnologiyalari mavjud. Mana bir necha yilki, ushbu texnikalar bilan ishlash, ulardan to‘laqonli va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida “Horev Medical Center” xususiy tibbiyot markazi mutaxassislarini Isroildagi shifoxonamizda tajriba almashishlarini, yetakchi shifokorlar rahbarligida jarrohlik va boshqa amaliyotlarini bajarishda qatnashish tashkil etib kelinmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlari, kasalliklarning o‘zgarish jarayonlari va boshqa shu kabi jiddiy holatlarni bevosita kuzatish, o‘rni kelganda vrachlar kengashini tashkil etish maqsadida “Horev Medical Center” xususiy tibbiyot markazi va “Horev” shifoxonasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab turadigan videoaloqa o‘rnatilgan bo‘lib, bu har ikkala tomonning faoliyati uchun ham foydali bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan xayriya aktsiyasi shu yilning 11 sentyabr kunigacha davom etadi. Isroillik professorlar yurtimizning N.Burdenko nomidagi neyrojarrohlik ilmiy-tadqiqot instituti, Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika onkologiya markazi va boshqa tibbiy muassasalarda o‘zbek shifokorlariga dunyo tibbiyotida qo‘llanilayotgan sohaga oid yangicha texnologiyalar, davolash usullari hamda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’ruzalar qiladilar.
“Jahon” AA