Iste’dod va izlanish kelajakka mayoq
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yigit-qizlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashda dasturilamal bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, o‘sib kelayotgan avlodni bilimli, sog‘lom tafakkurli, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol insonlar etib tarbiyalashga qaratilayotgan alohida e’tibor va bu boradagi ezgu sa’y-harakatlar yoshlarning yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida faol va tashabbuskor bo‘layotganida o‘z ifodasini topmoqda.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti magistranti Shamsiddinxo‘ja Sulaymonov ham o‘z tengdoshlari qatori ko‘plab yutuqlarga erishayotgan yoshlardan.
U poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 114-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan vaqtidayoq izlanuvchan va tashabbuskorligi bilan ustozlari e’tiboriga tushgan. Turli ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan. Toshkent iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida o‘z bilimini mustahkamlash barobarida, o‘zi amaliyot o‘tagan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida mehnat faoliyatini boshlagan.
Iqtidorli yigit universitetning energiya tejamkorligi yo‘nalishiga o‘qishga kirganidan so‘ng bu sohaga qiziqishi yanada ortdi. 2011-yili bakalavr bosqichi talabalari o‘rtasida Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Ayni vaqtda magistratura bo‘limining issiqlik energetikasi yo‘nalishida “Parabola silindrik nur to‘plagichli quyosh-yoqilg‘ili elektrostansiyalarning optik-energetik parametrlarini tanlash va asoslash” mavzusidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirayotir.
– Shamsiddinxo‘ja tengdoshlariga har sohada o‘rnak bo‘layotgan yoshlardan, – deydi texnika fanlari nomzodi Nilufar Avezova. – Xalqaro va mamlakatimiz miqyosida o‘tkazilayotgan konferensiyalarda uning izlanishlari mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda. Ilmiy maqolalari yurtimiz va xorijiy nashrlarda muntazam chop etib borilayotir.
Ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan Shamsiddinxo‘janing ko‘plab fundamental va ilmiy-amaliy loyihalardagi faol ishtiroki, bilimi va iste’dodi, sa’y-harakatlari munosib baholanib, joriy o‘quv yilida u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.
– Oliy o‘quv yurtimizda professor-o‘qituvchilar darslarni nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘liq holda tashkil etadi, – deydi Shamsiddinxo‘ja. – Barcha ta’lim maskanlari qatori universitetimizda puxta bilim olish va chuqur ilmiy izlanishlar olib borish uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu imkoniyatlar bizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashga, salmoqli natijalar hamda yutuqlarga erishishga undaydi.