Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Iste’dodli yoshlar – yurt kelajagi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Iste'dodli yoshlar – yurt kelajagi

Mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa, qizlarning o‘z bilim va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, jismonan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalash hamisha e’tiborda.

Buning samarasida yuzlab iste’dodli qizlarimiz turli ijodiy tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda. Ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xorijiy davlatlarda ham e’tirof etilayotgani tahsinga loyiq.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti Navro‘za Yahyoyeva ham yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yoshlardan. U adabiyotni, she’riyatni yaxshi ko‘radi. O‘zbek mumtoz asarlarini xorijiy tillarga, chet el adabiyoti namunalarini ona tilimizga tarjima qilishga astoydil kirishgan. Yetuk tarjimon bo‘lish uchun tinimsiz mehnat, o‘qib-o‘rganish, tajriba orttirish lozimligini yaxshi anglagan talaba ayni paytda mohir ustozlardan saboq olmoqda. Shu bilan birga, ingliz, fransuz, yapon va fors tillarini puxta o‘rganmoqda.

– Yurtboshimizning yoshlarimiz, farzandlarimizning yonib turgan ko‘zlari, g‘ayrat-shijoati, bilimga intilishi, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmayman, degan harakatini yorug‘ kelajagimizning, ezgu maqsadlarimizga erishishning asosiy omili va garovi sifatida ko‘ramiz, degan so‘zlari barcha tengdoshlarim qatori menga ham alohida mas’uliyat yuklaydi, – deydi Navro‘za. – Shu bois imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida yanada ulkan yutuqlarga erishishga va bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.

Bilimga chanqoq qiz 2012/2013 o‘quv yilida xorijiy tillar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ilm-fanda erishgan yutuqlari, tashabbuskor va faolligi uchun 2013-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. U ko‘plab xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda tarjimon sifatida ishtirok etib kelmoqda.

N.Yahyoyeva turli sohalarga oid tashkilotlar faoliyatida qo‘llaniladigan atamalarning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga kirishgan, «Xalqaro tashkilotlarning terminologiyasi va tarjimadagi muammolari» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

– Navro‘za o‘qishda, ilmiy faoliyatda tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan yoshlardan, – deydi uning ilmiy rahbari, filologiya fanlari nomzodi Elmira Muratova. – Hamisha oldiga katta maqsadlarni qo‘yib yashashi o‘z sohasida yutuqlarga erishishida muhim omil bo‘layotir. Turli ilmiy-amaliy anjumanlardagi faol ishtiroki bilimlarini yanada mustahkamlashiga xizmat qilmoqda.

www.uza.uz