Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISTIQBOLLI LOYIHALAR XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISTIQBOLLI LOYIHALAR XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILMOQDA

Avval xabar qilinganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Janubi-Farbiy maxsus okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘ldi. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar qanday bajarilayotgani bilan tanishdi. Harbiylar bilan muloqot qildi.

Mamlakatimizda yangi tahrirdagi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy armiyamiz jangovar qudratini oshirish, xalqimizning tinch va osuda hayotini yanada mustahkamlashdir, dedi davlatimiz rahbari. Doktrinada O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyili, yaqin qo‘shnilar bilan do‘stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi.

Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining o‘ziga xosligi, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlar birlashmalarining vazifa va tuzilmalari qayta ko‘rib chiqildi. Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan tizimli o‘zgarishlar asosida Qurolli Kuchlar akademiyasining faoliyati tubdan qayta tashkil etildi. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini qurol-aslaha, harbiy texnika va aloqa vositalarining zamonaviy turlari bilan ta’minlash ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi.

Harbiylarimiz jismonan baquvvat, ma’nan yuksak, zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirgan shaxslar bo‘lishi kerak, dedi Prezidentimiz. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimizga munosib xizmat qilishlaringiz lozim, toki yoshlarimiz vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat tuyg‘ularida sizdan o‘rnak olsin.

Uchrashuvda harbiylarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash, farzandlari oliy o‘quv yurtlarida o‘qishida imtiyozlar joriy etish, ularni uy-joy bilan ta’minlash ishlarini yanada jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Buning uchun joylarda tashkil etilgan harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini takomillashtirish lozimligi aytildi. Harbiylar va ularning oilalari uchun barcha sharoit yaratib beriladi.

Mamlakatimizda san’at saroylari, teatrlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi sahna asarlari yaratish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Termiz shahridagi 700 o‘rinli zamonaviy San’at saroyi hamda 3 ming o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatrda “Fayz-Binokor-Oltiariq” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan 82 milliard so‘mlikdan ortiq qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Fransiya, Angliya, Ispaniya, Rossiya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi jihozlari, monitorlar o‘rnatildi. San’atkor va tomoshabinlar uchun barcha qulaylik yaratildi.

Hududi 32,5 gektar bo‘lgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi. Musiqali favvora, avtomobillar turadigan joy qurildi, zamonaviy yoritqichlar hamda o‘rindiqlar o‘rnatilib, turli daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Davlatimiz rahbari mazkur madaniyat maskaniga taniqli san’atkorlarni taklif qilib, hamkorlikda mahorat darslari o‘tkazish, “Ustoz — shogird” an’anasini yanada rivojlantirish, Hakim Termiziy va Alpomish haqida spektakllar sahnalashtirish lozimligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifi chog‘ida Termiz shahrida “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi barpo etish loyihasi bilan tanishib, hududda infratuzilma ob’ektlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Shunga muvofiq, Surxondaryo daryosi bo‘yida 200 o‘rinli dam olish maskani qurilib, o‘tgan yil yoz mavsumida foydalanishga topshirildi. Oromgohda umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan bolalar dam oldirilib, sog‘lomlashtiriladi.

Maskan 6,2 gektar maydonni egallagan. To‘rtta yotoqxona, amfiteatr, oshxona, suzish havzasi, sport maydonlari, boshqa bino va inshootlar bunyod etilib, zarur inventarlar bilan jihozlangan. Bolalarning mazmunli va maroqli dam olishi, bo‘sh vaqtida turli to‘garaklarda qatnashib, bilim va salohiyatini mustahkamlashi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratilgan.

Oromgohga kiraverishdagi ota-onalar farzandlari bilan uchrashadigan binoda ikkita fitobar, axborot-resurs markazi, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, mashg‘ulot zallari mavjud. Ingliz tili, tasviriy san’at, mohir qo‘llar, kompyuter savodxonligi kabi o‘n beshga yaqin to‘garaklarda malakali murabbiylar mashg‘ulot olib boradi. Tibbiyot bo‘limida bolalar uchun fizioterapevtik muolajalar, fitodavolash xizmatlari, jismoniy tarbiya mashqlari o‘tkazish tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari muassasada bolalarning maroqli dam olishi, salomatligini mustahkamlashi, ovqatlanishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Joriy yil mart oyidan oromgoh yil davomida uzluksiz faoliyat yurita boshlaydi. Unga mamlakatimizning barcha hududlaridan fan olimpiadalari, xalqaro tanlov va sport musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan 5 — 11-sinf o‘quvchilari, yozgi ta’tilda esa ming nafar o‘g‘il-qizlar qabul qilinadi.

Bugungi kunda oromgoh O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tasarrufiga o‘tkazilib, uni xalqaro yoshlar oromgohiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida bu yerga qo‘shni mamlakatlar va uzoq xorijdan bolalar kelishi kutilmoqda. Bu borada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va BMTning YuNISYeF tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Oromgoh huzurida umumta’lim maktabi barpo etilgan. Maktab negizida 125 o‘rinli 22-bolalar musiqa, san’at va baxshichilik maktabi ham faoliyat yuritadi. O‘quvchilar bu yerda baxshichilik va o‘zbek xalq cholg‘ularidan saboq oladi. Dars mashg‘ulotlarini o‘qituvchilar bilan birga, O‘zbekiston xalq baxshilari ham olib boradi.

Prezidentimiz maktabni ko‘zdan kechirdi, O‘zbekiston xalq baxshilari Shoberdi Boltayev va Abdunazar Poyonov bilan muloqot qildi.

Dostonchilik va baxshichilik — milliy g‘ururimiz. Uning zamiridagi ezgu qadriyatlarni xalqimizga yetkazish lozim. Baxshichilik maktabi xalq og‘zaki ijodining noyob durdonalarini asrashga, uni rivojlantirishga, baxshilarning obro‘sini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak. Joriy yil Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz baxshilarining birinchi respublika seminarini tashkil etamiz, uni har yili muayyan bir viloyatda o‘tkazishni yo‘lga qo‘yamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari “Mustaqillik baxshilari” kitobini chiqarish, Surxondaryo viloyatidagi bolalar musiqa va san’at maktablarida ham ushbu san’at turini o‘qitish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shu yerda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2017-yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakat investitsiya kompaniyalari bilan Boysun tumanidagi “O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi” gaz konini o‘zlashtirish, uning negizida gazni qayta ishlash zavodi va gaz-kimyo majmuasi qurish bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolangan edi. Loyiha 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada bu yerda yiliga 4 milliard kubometr gaz qayta ishlanib, polimer mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida o‘tgan yil oxirida To‘polang daryosida to‘g‘on qurib bitkazilgan edi. Ayni paytda bu yerda kommunikatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. To‘g‘onning balandligi 180 metr, yig‘iladigan suv hajmi 500 million kubometrni tashkil etadi.

To‘g‘on ishga tushirilishi bilan To‘polang daryosining yuqori qismida qurilgan GESda qo‘shimcha 145 megavattli gidroturbinalar o‘rnatilib, GESning umumiy quvvati 175 megavattga yetkaziladi. Bundan tashqari, To‘polang daryosi o‘zanida Zarchob kaskad GESlari qurilish ishlari olib borilmoqda. Uning quvvati 75,6 megavatt soatni tashkil etadi.

Uchqizil suv ombori bo‘yidagi “Termiz marvaridi” sanatoriysi hududida 200 o‘rinli dam olish va ko‘ngilochar maskan bunyod etilmoqda. Majmua maydoni 7,2 gektar. Bu yerda mehmonxona, suzish havzalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 3D kinoteatr, o‘yin qurilmalari, musiqali favvoralar va boshqa ob’ektlar qurilishi mo‘ljallangan. Suv ombori qirg‘og‘ida cho‘milish hududi, qayiqlar bekati tashkil etilmoqda. Maskan 2018-yil 1-iyunda foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Termizda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi filiallari tashkil etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mazkur filiallarni o‘quv binolari va o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlash masalalariga to‘xtalar ekan, talabalarni qabul qilishda adolat mezonlariga qat’iy amal qilish kerakligini ta’kidladi. Talabalarni darsdan tashqari amaliyotga kengroq jalb etish, ular bilimini bevosita qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Surxondaryo viloyatida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib chiqdik. Viloyat yoshlarini shu yerning o‘zida o‘qitish lozim. Ta’lim sifatini oshirish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Termiz filiali o‘rtasida darslarni onlayn rejimida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kerak. Ta’limning bunday noan’anaviy usulida ham o‘qituvchilar salohiyatidan unumli foydalaniladi, ham fandagi ilg‘or tajribani hududlarga yetkazishga erishiladi, dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimizda kasalliklar profilaktikasini zamon talablari asosida amalga oshirish, ularni samarali davolashga alohida e’tibor qaratilmoqda, joylarda yangi-yangi shifoxonalar ochilmoqda. Sohadagi o‘zgarishlarni izchil amalga oshirish, zamonaviy kadrlarga bo‘lgan talabni o‘z vaqtida hal qilish maqsadida filiallarni joriy yil 1-fevraldan ishga tushirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi doirasida viloyat iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirishga oid qator istiqbolli loyihalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari viloyat faollari bilan uchrashib, ularning o‘y-fikrlari bilan qiziqdi, hayotiy takliflarini eshitdi, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

"Xalq so’zi" gazetasi