ISTIQLOL TASVIRI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Toshkent Fotosuratlar uyida Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining tasviriy san’at va foto asarlari, dizayn ishlari yo‘nalishi ishtirokchilari ko‘rgazmasi ochildi.
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijod ahliga yaratilayotgan shart-sharoitlar ularning iste’dodlarini namoyish etishga imkon berayotganini ta’kidladi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga qatnashish istagini bildiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Ijodiy ishlarda Vatanimiz tabiatining betakrorligi, shahar va ko‘chalarimiz obodligi, qishloq va mahallarimiz tarovati, mehnatkash xalqimizning bunyodkorligi, hayotimizning farovonligi badiiy aks etgan. Istiqlol yillarida turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ijodkorlar tomonidan mahorat bilan ishlangan, ularning jozibadorligi tomoshabinni o‘ziga rom etadi.
Andijonlik Hayotillo Turdioxunovning “Kecha va bugun”, “Kim edigu kim bo‘ldik?” turkumidagi dizayn ishlarida Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, yurtimiz taqdiriga daxldorlik, tinch-osoyishta kunlarimizga shukronalik tuyg‘ulari tasvirlangan.
– Arxiv suratlaridan foydalanib, hayotimizdagi o‘zgarishlarni, yangilanishlarni qiyosladim, – deydi H.Turdioxunov. – Ko‘proq ijtimoiy hayotni aks ettirishga harakat qildim. Yurtimiz manzaralari, ulkan qurilish ishlari, muhtasham binolar, keng va ravon yo‘llar, ko‘priklar... Ularni ijodiy ishlarimda aks ettirib, tarix sahifalariga muhrlashga o‘z hissamni qo‘shsam deyman.
O’zA