Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISTIQLOL VA TARAQQIYOT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISTIQLOL VA TARAQQIYOT

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mustaqillik bayrami arafasida «O‘zbekiston: davlat mustaqilligining 25-yilligi» mavzuida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari qamrab olingan tadqiqotda aholining turli ijtimoiy guruhlari, turli millat vakillari ishtirok etgan.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati (98,2 foizi) mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ijobiy va barqaror, deb hisoblaydi. Respondentlar fikricha, istiqlolning 25-yilligi – bu to‘g‘ri va puxta o‘ylangan islohotlar samarasida tobora rivojlanayotgan Vatanimiz solnomasidagi yangi davrdir.

So‘rovda qatnashganlarning 99,6 foizi mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va dinlararo totuvlik mustahkamlanib borayotgani, davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora ortayotgani, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratilgani, so‘z erkinligi va inson huquqlari qaror topgani, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanganini istiqlol yillarida erishilgan asosiy muvaffaqiyatlar sifatida qayd etgan.

Tadqiqot natijalari mamlakatimiz aholisi davlatimiz rahbarini jamiyatning birdamligi, erishilgan yutuqlar hamda yurtimiz gullab-yashnashining asosiy kafolati, deb hisoblashini ko‘rsatdi. Mamlakatimiz aholisi (99,5 foizi) mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov aholi ishonchini qozonib, xalqimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta’kidlagan.

So‘ralganlarning asosiy qismi (99,4 foizi) O‘zbekistonning dunyoda egallagan o‘rnidan faxrlanadi. Respondentlar istiqlol yillarida davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasida O‘zbekiston yuksak ilmiy-texnik salohiyatga ega, sanoati rivojlangan davlat darajasiga ko‘tarilganini alohida qayd etgan.

Tadqiqot natijalari ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan tub ijobiy o‘zgarishlar qatorida odamlar ongu tafakkurida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganini ko‘rsatdi. Aholi o‘rtasida vatanparvarlik hissi tobora ortmoqda.

Tadqiqot qatnashchilarining 81,5 foizi aholi farovonligining ortib borishiga xizmat qilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligidan qoniqishini bildirgan. So‘rov ishtirokchilarining 93,1 foizining moddiy ahvoli, yashash va maishiy sharoiti yaxshilangan, ijtimoiy maqomi oshgan, namunali ta’lim olgan, o‘z biznesini tashkil qilgan. 90 foizdan ziyod fuqarolar mustaqillik yillarida fuqarolik huquqlari, shaxsiy xavfsizligining himoyalanishi va ta’minlanishi mustahkamlanganini bildirgan.

So‘rov jarayonida fuqarolarning 90 foizdan ortig‘i milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar odamlarga o‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon etish, turmush darajasi va sifatini oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidlagan. Respondentlarning 97,3 foizi tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni ijobiy baholagan. Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga jamoatchilik o‘rtasida ishonchning ortishi natijasida iqtisodiyotning mazkur tarmog‘ida kapitalni boshqarishning yangi sifat bosqichiga o‘tilgan.

Aholi (qariyb 100 foiz) O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik davrida davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilgan tashqi siyosatni yuksak baholaydi. Jamoatchiligimiz fikricha, mazkur tashkilotning joriy yil 23-24-iyun kunlari poytaxtimizda o‘tgan yubiley sammiti ShHT faoliyatining samaradorligini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani bilan tashkilot tarixida muhim o‘rin tutadi.

So‘rov natijalari fuqarolarimizning aksariyati (93,9 foizi) oilani ijtimoiy institut sifatida mustahkamlash, ona va bola sog‘lig‘ini yanada yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyat va oiladagi mavqeini yanada oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. So‘rov ishtirokchilarining bildirishicha, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining nodir instituti – mahalla faoliyati milliy an’ana va qadriyatlarimizga muvofiq to‘liq shakllantirilib, ularning samarali ish yuritishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi. Istiqlol yillarida mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati ortib, mamlakatimizni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarining amaldagi ifodasiga aylandi.

Muxtasar aytganda, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari xalqimiz davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ifoda etdi.

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik
fikrini o‘rganish markazi
materiallari asosida

O’zA