Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ITALIYA MUSIQASI “SHARQ TARONALARI”DA YANGRAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ITALIYA MUSIQASI “SHARQ TARONALARI”DA YANGRAYDI

Samarqandda o’tkaziladigan X “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining ochilishi arafasida dunyoning turli mamlakatlaridagi mahalliy jamoatchilik vakillari ushbu nufuzli madaniy tadbir yuzasidan O’zbekiston Respublikasining xorijiy ellardagi diplomatiya missiyalariga o’z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

«Assiomi» Italiya Musiqa uyushmasi prezidenti, “Laus Nova” musiqa jamoasi ishtirokchisi Francheska Yevangelisti ana shulardan biridir.

— Bizning O’zbekiston bilan hamkorligimiz 2013 yili boshlangan edi, - deydi u. - O’shanda Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqiy akademik litseyi talabalari Perudja shahrida bizning mehmonimiz bo’lishgandi. Mazkur ijodiy safar bizlarni O’zbekistonning musiqa hayoti haqida imkon qadar ko’proq bilimlarga ega bo’lishimizga rag’batlantirgan edi.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalidek nufuzli anjumanda qatnashib, Italiyaning folklor san’atini namoyish etish bizning jamoamiz uchun katta sharafdir.

O’zbekistonga ijodiy safarimiz chog’ida tarixan madaniyatlarning chorrahasi bo’lib kelgan ertakmonand va betakror Samarqand shahrini o’z ko’zimiz bilan ko’rish imkoniyati yaratilganidan xursandman.

“Sharq taronalari”da ishtirokimiz chog’ida Perudja mintaqasining an’anaviy kuy-qo’shiqlarini tinglovchilarga maromiga keltirib yetkazib berish bizning asosiy maqsadimizdir. O’ylaymanki, ushbu musiqa forumi tufayli festivalning boshqa ishtirokchilari bilan o’zaro tajriba almashishimiz hamda ularning ko’pchiligi bilan do’stlashishimiz mumkin bo’ladi. Negaki san’at odamlar qalbini birlashtiradigan, yuraklarni kuch-quvvat va ezgulikka to’ldiradigan yaratuvchanlik kuchidir.

Biz iqtidorli insonlarga va boy madaniyatga ega bo’lgan mamlakat - O’zbekiston bilan hamkorligimiz bundan keyin ham davom etajagiga umid qilamiz.

“Sharq taronalari”ning o’ninchi, yubiley anjumani O’zbekiston Mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida o’tishi ham ramziy ma’noga egadir, deb o’ylayman. O’zbek xalqini Mustaqillikdek ulug’ bayrami bilan tabriklayman, yanada yuksak taraqqiyot va farovonlik tilayman!

“Jahon” AA, Rim