ITALIYA TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 26-sentabr kuni Nyu-York shahrida (AQSh) O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasi ishida ishtiroki doirasida tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilovning Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik Vaziri Paolo Jentiloni bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda BMT Bosh Assambleyasining joriy sessiyasi kun tartibi va dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida turli darajadagi aloqalarni faollashtirish, jumladan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarni va hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.