ITALIYADA O’ZBEKISTONNING TARIXIY VA MADANIY MEROSI TAQDIMOTI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Italiyaning Pestum shahrida bo’lib o’tgan XVIII arxeologiya sayyohlik ko’rgazmasida mamlakatimiz vakillari ishtirok etdi. Mazkur tadbir Italiya Madaniyat va turizm vazirligi, YUNESKO hamda BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti rahnamoligida tashkil etildi.
Unda dunyoning 20 ziyod davlatidan tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy sayyohlik agentliklari, turizm hamda arxeologiya ta’lim muassasalari va OAV vakillari qatnashdi. Ko’rgazmaga 100ga yaqin pavilon va stendlar bilan tanishish uchun kelgan tahminan 10 ming nafardan ziyod ishtirokchilar tadbir doirasida o’tkazilgan anjuman va uchrashuvlarda ishtirok etishdi.
O’zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan bezatilgan mamlakatimiz milliy bo’lmasi turli eksponatlarni o’z ichiga olgan bo’lib, unda respublikamizning rivojlangan sayyohlik sanoati haqida ma’lumot berilgan, shuningdek, hunarmandlarning amaliy san’at buyumlari aks ettirilgan.
Bundan tashqari, yarmarkada mamlakatimizning boy ma’naviy va madaniy merosi, tabiiy va iqlim sharoitlari, shuningdek, noyob tarixiy qadamjolari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan ko’rgazma mehmonlari va mutaxassislarining ta’kidlashicha, yuksak sayyohlik salohiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston, italiyalik sayyohlik operatorlarinig e’tiborini tobora ko’proq jalb qilmoqda va ularda katta qiziqish uyg’otayotir. O’zbekistonga Italiyadan kelayotgan sayyohlar oqimining har yilgi o’sishi buning tasdig’idir.
Tadbir davomida O’zbekistonga tashrif buyurayotgan chet ellik sayyohlar soni o’sish dinamikasi, shuningdek, soddalashtirilgan viza tartibi hamda xorijiy mehmonlar uchun boshqa qulay shart-sharoitlarning yaratilishi haqida ma’lumotlar berildi.
Ko’rgazmada namoyish qilingan ekspozitsiyalar respublikamizning tarixi va bugungi hayoti haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish, butunjahon tamadduni durdonalari bo’lgan betakror obidalarni saqlash va tiklash borasida olib borilayotgan ishlarga munosib baho berishga zamin yaratdi.
Tadbirda ishtirok etayotgan Ozarbayjonlik ishtirokchi o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi:
— Yaqinda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan sayyohlik ko’rgazmasida ishtirok etish uchun O’zbekistonga tashrif buyurdim. U yerda katta taassurotlar bilan qaytdim. Shuni e’tirof etish joizki, yurtingizning Samarqand, Buxoro, Xiva singari shaharlari go’yoki sharqona ertak kabi tuyuldi menga. O’zbekistonning boy madaniyati va tarixi kelajak avlodlarga qoldirish muhim ahamiyat kasb etgan bebaho meros hisoblanadi. O’zbekistonda ularni saqlab qolish ustuvor masala ekani juda quvonarli hol, albatta. Fursatdan foydalanib, yurtingizga farovonlik va tinchlik-xotirjamlik tilayman!
“Jahon” AA, Rim