ITALIYALIK EKSPERT O’ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ijtimoiy-siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ayollarning o’rni va maqomini oshirish O’zbekistonda davlat siyosatidagi o’ta muhim ustuvorlik hisoblanadi.
Shu maqsadlarda ayollarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, oila institutini, onalik va bolalik muhofazasini yanada kuchaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. “Yevropa ayollari lobbisi” xalqaro tashkilotining Italiya bo’limi bosh kotibi Mariya Bottarelli "Jahon" axborot agentligiga bergan intervyusida shu mavzuda o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.
U O’zbekiston Kasaba uyushmalari tomonidan ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga hamda tenglik asosida jamiyatning barcha sohalarida ular har tomonlama ishtirok etishini ta’minlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
— Ayni paytda Yevropa Ittifoqining 2010 – 2015-yillarga mo’ljallangan strategiyasida aynan ana shunday maqsad ko’zda tutilgan,- dedi u. - Erkaklar va ayollar o’rtasidagi maoshlarda farqlarni qisqartirish bo’yicha qabul qilingan chora-tadbirlar ham diqqatga sazovordir.
O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan tadbirkor ayollarning qo’llab-quvvatlanayotgani ham e’tiborga molikdir. Ularga “Ishonch telefonlari” orqali huquqiy yordam ko’rsatilishi ham ayrim byurokratik holatlardan qochishga ko’maklashadigan muhim vosita hisoblanadi.
Faol ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning shaxsiy hayotiga ta’sir ko’rsatibgina qolmasdan, butun jamiyat farovonligining yuksalishiga ko’maklashadi”.
“Jahon” AA