IXTIYOR NAVRO‘ZOV VA MAGOMED IBRAGIMOV - OLIMPIYADA O‘YINLARINING BRONZA MEDALI SOHIBLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekistonlik erkin kurash ustasi Ixtiyor Navro‘zov XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sportchimiz vazni 65 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida bahraynlik Adam Bоtirovni, Puerto-Riko vakili Franklin Gomezni va mo‘g‘ulistonlik Mandahnaran Ganzorigni yengib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.
XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan yana bir hamyurtimiz Magomed Ibragimov ham bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 97 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Magomed Ibragimov Gvineya-Bisau vakili Bedopassa Jonde Buassatni, nigeriyalik Soso Tamarauni, eronlik Rizo Muhammad Ali Yazdaniyni va ukrainalik Valeriy Andritsevni yengib, Olimpiya o‘yinlarining bronza medali bilan taqdirlandi.
“Jahon” AA, Rio de Janeyro