JAHON BANKI GURUHI PREZIDENTI DAVLATIMIZ RAHBARI SHAVKAT MIRZIYOYEVGA MAKTUB YO‘LLADI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Siz bilan uchrashish imkoniyati hamda ochiq va samimiy muloqot uchun minnatdorlik bildiraman.
Sizni O‘zbekistonni jadal rivojlangan xususiy sektorga, inklyuziv va barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega zamonaviy davlatga aylantirish yo‘lidagi faoliyatingiz bilan yana bir bor qutlayman.
Jahon banki guruhi Sizning bu boradagi faoliyatingizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani, Siz tomoningizdan tashkilotimizga bildirilayotgan ishonchni yuksak qadrlashimizni alohida qayd etmoqchiman. Biz O‘zbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda Sizning yetakchi hamkoringiz bo‘lishga tayyormiz, o‘tgan hafta umumiy qiymati 450 million AQSh dollariga teng uchta investitsiya loyihasini imzolaganimiz shundan dalolat beradi. Ushbu loyihalar O‘zbekistonga elektr energetikasi, irrigatsiya va chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun zarur bo‘ladigan sarmoya kiritish imkonini beradi.
Sizning meva-sabzavotchilik va chorvachilikni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi sohasini diversifikatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratayotgan alohida e’tiboringiz menda katta taassurot qoldirdi. Paxta yig‘im-terimida ishtirok etuvchilar mehnatiga haq to‘lashni yaxshilash hamda oldin qo‘llanilgan mehnat shakllarini bartaraf etish bo‘yicha qat’iy sa’y-harakatlaringiz juda ijobiy qabul qilindi.
Men Sizning texnik va moliyaviy ko‘mak bo‘yicha murojaatingizni ko‘rib chiqdim hamda ularni tayyorlash bo‘yicha ishni tezlashtirish yuzasidan topshiriq berdim. Sizning tashabbusingiz bilan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar jarayonida ehtiyojlar ortishini inobatga olib, biz mamlakatingiz bilan Sheriklik strategiyasi doirasida Jahon banki guruhi tomonidan moliyalashtirishni tezlashtirish hamda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy va asosiy infratuzilmani modernizatsiyalash, qishloq xo‘jaligini isloh qilishda yuqori darajadagi texnik ko‘mak taqdim etishga tayyormiz.
Men Jahon banki bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva va mintaqaviy vitse-prezidenti Siril Myullerga istiqboldagi hamkorligimizni muhokama qilish va kelishib olish uchun Siz bilan yaqin vaqtda uchrashish bo‘yicha topshiriq berdim. Muzokaralarimiz davom etishini sabrsizlik bilan kutib qolaman.
Hurmat bilan,
Jim Yong Kim,
Jahon banki guruhi prezidenti
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















