Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dastlabki imtihon o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma’lumot

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dastlabki imtihon o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma'lumot

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.

2019-2020-o‘quv yili JIDU bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihon joriy yilning 30-iyunidan 2-iyuligacha o‘tkazilmoqda hamda qo‘shimcha ravishda 8-iyulda o‘tkaziladi. Dastlabki imtihon yozma shaklda o‘tkaziladi va quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat bo‘ladi:

1. Intellektual daraja (kompyuterda test sinovlari, 40 ball), mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish;

2. Ona tilini bilish darajasi (30 ball), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari), shuningdek, umumta’lim maktablari (11-sinf bazasida) dasturlariga kiritilgan O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi, geografiyasiga taaluqli va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobilyati;

3. Xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasi (30 ball), O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi, geografiyasiga taaluqli va boshqa sohalarga oid masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobilyati. Bunda, xorijiy tillar bo‘yicha yetakchi xalqaro baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, shu jumladan, IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TOEFL iBT bo‘yicha kamida 61 ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, test DaF, GOETHE sertifikati, DELF sertifikati imtihonlaridan CEFR uslubi bo‘yicha B2 minimal darajasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu savollar bloki bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi. Abituriyent kirish test sinovlariga ruxsat berilishi uchun biletdagi barcha savollar bo‘yicha umumiy ballar miqdorining kamida 50 foizini to‘plashi zarur.

Dastlabki imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil qiladi.

Abituriyent auditoriyaga qabul komissiyasining mas’ul shaxsi tomonidan taklif etiladi. Bunda abituriyent o‘z pasportini (16 yoshga to‘lmagan shaxslar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani) taqdim etishi shart.

Dastlabki imtihon natijalari e’lon qilinganidan so‘ng bir kundan kechikmagan holda ularni qayta ko‘rib chiqish uchun murojaat qilinishi mumkin.

Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga kirish test sinovlarini Universitet bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun belgilangan tartibda topshirishga ruxsat etiladi.

www.mfa.uz