“JAHON MUSIQACHILARINI BIRLASHTIRGAN FESTIVAL”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyaning “Seikyo Shimbun” gazetasida “Min-on” konsert uyushmasi prezidenti Xiroyasu Kobayashining yuqoridagi sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Unda muallif joriy yilning 25-30-avgust kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalidagi ishtiroki davomida orttirgan iliq taassurotlari bilan o’rtoqlashgan.
“O’zbekistonga sayohat qilib dunyoning eng go’zal shaharlaridan biri bo’lgan Samarqandni tomosha qilish hamda o’zbek xalqining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish sharafiga muyassar bo’lganimdan g’oyatda bahtiyorman”, - deb yozadi muallif.
X.Kobayashi YUNESKO shafe’ligida har ikki yilda bir marotaba o’tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali jahon san’ati taraqqiyoti hamda yer yuzida do’stlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga beqiyos hissa qo’shayotganini e’tirof etadi. Bugun mazur musiqa forumi Osiyodagi eng yirik va nufuzli madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi.
“O’zbekiston – qadimiy tamaddun beshiklaridan biri, Samarqand esa Buyuk ipak yo’lining javohiridir, - deya ta’rif beradi yaponiyalik san’atshunos. – Shaharga kelganimiz chog’ida undagi ajoyib musiqiy ruh, turli madaniyatlar birligi va uyg’unligini his qildik. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini millati va e’tiqodidan qat’i nazar dunyoning eng yaxshi musiqachilarini birlashtiruvchi betakror madaniy tadbir deb bejiz atashmaginiga guvoh bo’ldik. Mamalaktingizga qilgan sayohat va musiqiy festival hayotimizdagi eng yorqin va quvonchli voqealardan biri sifatida bir umrga muhrlanib qoldi.”
Xiroyasu Kobayashining ta’kidlashicha, “Min-on” konsert uyushmasi Yaponiyada “Buyuk ipak yo’li bo’ylab musiqali sayohat” loyihasi doirasida o’zbek ijodiy jamoalarining 10 dan ziyod konsertlarini tashkil qilgan. “Xorijda jamoatchilikni o’zbek madaniyati bilan yanada yaqindan tanishtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish niyatidamiz”, - deya o’z maqolasini yakunlaydi muallif.
“Jahon” AA, Tokiyo