Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

«JAHON TAMADDUNI TARIXIDA MARKAZIY OSIYO RENESSANSI»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
«JAHON TAMADDUNI TARIXIDA MARKAZIY OSIYO RENESSANSI»

Samarqand shahrida YuNYeSKO shafeligida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjuman ana shunday nomlandi.

Unda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti — YuNYeSKO, Jahon sayyohlik tashkiloti — YuNVTO, Islom hamkorlik tashkiloti — IHT, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti — AYSESKO, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi — IRSIKA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Rossiya, Yaponiya hamda boshqa mamlakatlar olimlari, jahonning yirik ilm-fan va ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.

Xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai, YuNYeSKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Badarch Dendev, AYSYeSKO Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjri, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, IRSIKA bosh direktori Xalit Eren hamda boshqalar ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida uyushtirilgan ushbu anjumanning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib, Markaziy Osiyo, jumladan, zaminimizda kamol topgan allomalarning dunyo tamaddunida tutgan o‘rni, ilm-fan hamda san’at rivojiga qo‘shgan hissasiga yuksak baho berdi. Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash, boy tariximizni o‘rganish, muqaddas islom dini qadriyatlarini ulug‘lashga qaratilgan ezgu ishlari uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.

Binobarin, yurtimizda o‘zining yuksak salohiyati, keng dunyoqarashi va noyob iste’dodi, bebaho kashfiyotlari bilan jahon ahlini hayratlantirib kelayotgan ulug‘ allomalar yashab o‘tgan. Imom Buxoriy, Imom Moturidiydek mutafakkirlarning ma’naviy merosi, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Muso Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlari, oradan asrlar o‘tsa hamki, ahamiyati va nufuzi jihatidan betakror bo‘lib qolmoqda. Eng muhimi, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq ana shunday o‘lmas durdonalarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, ularni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bu esa faol, intiluvchan, iqtidorli hamda yuksak ma’naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim va kasblarni chuqur egallagan — ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lmish yoshlarni voyaga yetkazishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Eng ezgu maqsadlarimiz — mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham — bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Bunda esa ajdodlarimiz o‘giti yo‘lchi yulduz sifatida ko‘zlagan maqsadlarimizga erishishda mash’ala va mayoq vazifasini o‘tamoqda.

Ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi.

Mutafakkir olimlardan biri Muhammad Muso Xorazmiy o‘zining ilmiy kashfiyotlari, fundamental tadqiqotlari bilan insoniyat tarixidagi ilk Uyg‘onish davrini boshlab bergan. O‘nlik sanoq sistemasini tuzib, algebra faniga asos solgan, umuminsoniy taraqqiyotga beqiyos hissa qo‘shgan. Bugun jahonda keng foydalaniladigan hisob-kitob amallari, zamonaviy texnologiyalar faoliyati ana shu bobokalonimiz yaratgan qoidalarga asoslanadi. Muso Xorazmiy astronomiya, geografiya hamda tarix sohalarida ham bebaho asarlar yozgan. Fanda birinchi bo‘lib qutb koordinatlarini qo‘llagan va Yer yuzining Sharqiy yarimshari xaritasini tuzgan.

— Yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratgan, xalqimizning faxru iftixoriga aylangan ulug‘ allomalardan biri Imom Buxoriydir, — deydi xalqaro ilmiy konferentsiya ishtirokchisi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti kafedra mudiri

Q. Sodiqov. — Bu tabarruk zot bashariyatga tengsiz ma’naviy xazina qoldirgan. Uning “Al-jome’ as-sahih” kitobi — eng ishonchli hadislar to‘plami islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muhim manba hisoblanadi. Umuman, konferentsiyada tilga olingan har bir alloma hamda ularning ma’naviy merosi dunyoda katta qiziqish bilan o‘rganilayotgani bizni g‘ururlantiradi. Men ushbu anjumanda temuriylar davlatida yozuv madaniyati va uning O‘rta asrlar Sharq xalqlari madaniy-adabiy aloqalariga ta’siri haqida ma’ruza qildim.

Darhaqiqat, benazir allomalarimizning dahosi, shaxsiyati, ibratomuz faoliyati behad ulug‘vordir. Shu ma’noda, yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida ularning muborak nomlarini tiklash, qadrlash, asarlarini qunt bilan o‘rganish maqsadida olamshumul ishlar amalga oshirildi. Xususan, bir paytlar Imom Buxoriyning abgor ahvolda yotgan so‘nggi manzili bugun dunyoga ko‘z-ko‘z etsa arziydigan ziyoratgohga aylangan. Xuddi shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy kabi o‘nlab fozillarning tavallud sanalari bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazildi. Bularning barchasi ulug‘larga ehtirom ko‘rsatish, ulardan har tomonlama saboq olishga qaratilgan oqilona siyosat tufaylidir.

— Bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga loyiq, — deydi Ispaniyadagi San-Pablo Madrid universiteti professori Rikardo Ruiz de la Serna. — Negaki, men ushbu anjumanga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida birgina shu yilning o‘zida davlatingiz rahbari tomonidan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar qabul qilingani bilan tanishib, hayratlandim. Bunday ehtirom ulug‘ olimlar va ularning ilmiy asarlarini o‘rganishga katta turtki berishi, shubhasiz. Ushbu anjumanda “Markaziy Osiyo musulmon Renessansi merosi va dinlararo muloqot: Abu Mansur al-Moturidiy asarlarida e’tiqod va aql” mavzuida ma’ruza qilish menga g‘oyat yuksak faxr baxsh etdi.

Haqiqatan ham, jahon miqyosida buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Buning tasdig‘ini turli mamlakatlarda ularning hayoti hamda faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo qilinganida ham ko‘rish mumkin. Belgiyada Ibn Sinoga, Latviyada Ibn Sino va Mirzo Ulug‘bekka, Yaponiya, Rossiya, Xitoy va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad -Farg‘oniyga o‘rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir.

Anjuman ishtirokchilari sektsiya majlislarida O‘rta asrlar Sharq allomalari hamda mutafakkirlarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy hamda falsafiy merosining ahamiyatiga oid masalalarni muhokama etdilar. Ular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N. Yo‘ldoshev so‘zga chiqdi.

WWW.XS.UZ