Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

JAMIYATIMIZ ASOSI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
JAMIYATIMIZ ASOSI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Mustaqillik yillarida mahalla instituti: tajriba, amaliyot va ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J.Inog‘omov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mahalla institutining huquqiy asoslarini yaratish, ularni zamon talabiga mos tarzda takomillashtirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda yaratilgan mustahkam qonunchilik tizimi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari maqomini belgilash, vakolat va imkoniyatlarini kengaytirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda 10 mingga yaqin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yurtimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dolzarb ijtimoiy masalalarni hal etish, ibratli an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, farzandlarni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, bandlikni ta’minlashda ko‘maklashib kelmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan «Eng namunali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari», «Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi” kabi ko‘rik-tanlovlarning an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgani sohadagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish, mahalla faollarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish imkonini bermoqda.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida fond tomonidan urush va mehnat faxriylariga maishiy elektr jihozlari, kiyim-kechaklar taqdim etildi. Bir ming ikki yuz nafarga yaqin yolg‘iz keksaning uy-joyini ta’mirlashga ko‘maklashildi. Nuroniylar uchun qadimiy shaharlarimizga, teatr va madaniyat maskanlariga sayohatlar tashkil etish, ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, to‘y va marosimlarni ixcham tarzda o‘tkazish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga doir ezgu ishlar hajmi yanada kengaydi.

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning birinchi yarmida hududlarda 302 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, 41 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektini tashkil etishga ko‘maklashildi. Oilaviy tadbirkorlik, hunarmandlikni rivojlantirish bo‘yicha 7100 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inida maslahat markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Matbuot anjumanida ilg‘or mahallalarning ish tajribasini keng ommalashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob qaytarildi.

O‘zA